Tabiiy fanlar fakulteti

73

Tabiiy fanlar fakulteti Dekan

Xurramov Alisher Shukurovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9 00 – 12 00
Telefon: +998937992003
Telegram: +998937992003
73

Fakultet registrator ofis menejeri

Xudoyberdiyev Diyorbek Norqobil o'g'li

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 13:00 – 16:00
Telefon: +998977863847
Telegram: +998977863847
73

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini

Asallayev Oʻktam Hayriddinovich

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14 00 – 16 00
Telefon: +998997012627
Telegram: +998997012627

Tabiiy fanlar fakultetida hozirda jami 4 ta ta’lim yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular:

60510100 - Biologiya (turlari boyicha) ta’lim yonalishi

60530400 - Geografiya ta’lim yonalishi

60530700 - Tuproqshunoslik ta’lim yonalishi

60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yonalishi

Mazkur ta’lim yonalishlarda jami 1673 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. Shundan bakalavr bosqichida 1634 nafar va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 39 nafarni tashkil etadi.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud ular:

Botanika

Zoologiya

Geografiya

Ekologiya va tuproqshunoslik

Fakultetda jami 53 nafar professor-o‘qituvchilar mehnat faoliyatni olib bormoqdalar. Ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar 28 nafar bo‘lib, shundan 3 nafari fan doktori (DSc) va 25 nafari fan nomzodi hamda falsafa doktorlari. Hozirgi kunda ilmiy salohiyati ko‘satkichi 52 % ni tashkil etmoqda.

Tabiiy fanlar fakulteti

“Tabiiy fanlar” fakulteti 1965 yilda tashkil etilgan bolib, bu fakultet bazasida 1971 yilda “Fizika-matematika”, 1988 yilda “Pedagogika va psixologiya”, 1992 yilda “Iqtisodiyot”, “Ximiya”, 1995 yilda “Jismoniy madaniyat” fakultetlari ajralib chiqdi.

1996 yili “Geografiya” ta’lim yonalishining qayta qoshilishi tufayli “Tabiiyot – geografiya”, keyinchalik Tabiiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlandi.

Turli yillarda fakultetni qishloq xojalik fanlari doktori, professor M. Aramov, biologiya fanlari doktori, professor H. Boriev, biologiya fanlari nomzodi, dotsentlar E. Qulmamatov, K. Eshnazarov, B. Xoliqnazarov, A. Sattorov, H. Tangirov, A. Xurramov, Sh. Abdulazizova, M. Xolmurodov, X. Jumaev, geografiya fanlari nolmzodi H. Abdunazarov, A. Sattorov, qishloq xojalik fanlari nomzodi U. Qodirov, G. Ergashev, N. Nurmatov va boshqalar tamomlagan.

Fakultetga qator yillar davomida dotsentlardan A. Qulmamatov, T. Jovliev, B. Samatov, X. Turdiqulov, B. Qodirov, M. Saidov, Q. Amonturdiev, B. Xoliqnazarovlar fakultet dekani sifatida faoliyat olib borishgan. Hozirgi kunda fakultetga biologiya fanlari doktori, professor A. Xurramov rahbarlik qilib kelmoqda.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Ilm-fan va amaliyot hamkorligi — ekologik barqarorlik sari muhim qadam!

  • 2026-07-04
  • 36

Termiz davlat universiteti hamda Surxondaryo viloyati Gidrometeorologiya markazi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolanmoqda.

Batafsil

Ishonch – katta mas'uliyat: TerDUda qabul jarayonlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

  • 2026-07-03
  • 52

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga jalb etilgan mas'ullar, professor-o‘qituvchilar va qabul komissiyasi a'zolari bilan uchrashdi.

Batafsil

TerDU yoshlari yana bir yuksak e'tirofga sazovor bo‘ldi

  • 2026-07-03
  • 52

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan yoshlarga I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi”

Batafsil