Ijtimoiy fanlar fakulteti

71

Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani

Achilov Nuriddin Abdugafforovich

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14 00 – 16 00
Telefon: 91-905-35-42
Telegram: 91-905-35-42
71

Fakultet registrator ofis menejeri

Xoliyorov Murod Shavkatovich

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 09:00 12:00
Telefon: +998975518151
Telegram: +998975518151
71

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan oʼrinbosari

Bobomurodov Ikrom Davlatovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00
Telefon: 93-792-25-25
Telegram: 93-792-25-25

Ijtimoiy fanlar fakultetida Hozirda jami 6 ta ta’lim yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular:

60310900-Psixologiya: amaliy psixologiya ta’lim yo‘nalishi

60920100-Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha)

5110900-Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi

5111700-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi

5111800-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

5112700-Maktabgacha ta`lim psixologiyasi va pedagogikasi ta’lim yo‘nalishi

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud ular:

Psixologiya

Pedagogika va ijtimoiy ish

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi

Maktabgacha ta’lim metodikasi

Ijtimoiy fanlar fakulteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti 1988-yilda Tabiiyot fakulteti tarkibidan “Pedagogika va psixologiya” nomi bilan alohida fakultet sifatida ajralib chiqdi, Ayni paytda, fakultet tarkibidagi 4 ta kafedrada 61 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 1 nafar fan doktori, professor, 20 nafari fan nomzodi, falsafa doktori PhD, 8 nafar katta o‘qituvchi, 18 nafar o‘qituvchi, 14 nafar stajyor-o‘qituvchi.

Shuningdek, fakultetda 15 nafar tayanch doktorantlar va 8 nafar mustaqil izlanuvchilar ilmiy –tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Fakultet tarkibida:

70310901-Psixologiya (umumiy psixologiya);

70110103-Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda.

Fakultetda kunduzgi bo‘limda 6 ta ta’lim yo‘nalishi: boshlang‘ich ta’lim, psixologiya (amaliy psixologiya), pedagogika va psixologiya, ijtimoiy ish, maktabgacha ta’lim hamda maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, bu ta’lim yo‘nalishlarida jami 813 nafar, sirtqi bo‘limda boshlang‘ich ta’lim, psixologiya (amaliy psixologiya), pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim hamda ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishlarida 2817 nafar, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi kechki ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 19 nafar, magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 28 nafar, jami bugungi kunda fakultet bo‘yicha 3677 nafar talabalar ta’lim olmoqdalar.

Fakultet universitetning eng zamonaviy binolaridan birida joylashgan bo‘lib, moddiy-texnik bazasi barcha talablarga to‘liq javob beradi. Barcha auditoriyalar va o‘quv zallari tegishli orgtexnikalar bilan ta’minlangan.

Fakultet tarkibida ilmiy darajalar beruvchi Phd.03/30.12.2019.Ped.78.03 raqamli Ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan 2 nafari Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi mudiri dotsent Qodirova Dilbar Normo‘minovna va Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) Karimova Bibixol Xayrullayevna “Shuxrat medali” davlat mukofoti bilan, Djurakulova Adolat Xalmuratovna, Mirzayev Mutalib Jo‘rayevich va Karimova Bibixol Xayrullayevna “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, Bozorova Muslima Qodirovna, Norbo‘tayev Xo‘shboq Bobonazarovich, Qodirova Aziza Bekmurodovna va Achilov Nuriddin Abdugafforovichlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan Respublika bo‘yicha o‘tkaziladigan Ilmiy konferensiyalar, fan olimpiadalari va boshqa turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelmoqdalar.

“Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ismoilova Sabina Erkinovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibasi; Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik esdalik ko‘krak nishoni sohibasi.

“Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Tilovqobilova Maxliyo Saydullo qizi universitet rektori stipendiyasi tanlovi gʻolibasi, Surxondaryo viloyati hokimi stipendiyasi sovrindori.

“Psixologiya: amaliy psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Salimova Marjona Salomovna, va “Psixologiya: amaliy psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Yaxyoyeva Muxayyo Hikmatullo qizi “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TERDUDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA!

  • 2025-10-30
  • 35

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Termiz davlat universiteti va M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti tashabbusi

Batafsil

Viloyat hokimi sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi va talabalar bilan tushlik qildi

  • 2025-10-29
  • 29

Termiz davlat universitetiga tashrifi doirasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov oliygoh hududidagi sport inshootlari va ularda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ishlari taqdimot qilindi

  • 2025-10-29
  • 33

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda hududlar va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli

Batafsil