Magistratura to’g’risida nizomga muvofiq magistrlar tayyorlashga qo’yiladigan umumiy talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori bilan belgilanadi. Aniq mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlashga qo’yiladigan talablar oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.
Magistr:
tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;
kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga;
oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta’limni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo’yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qo’shimcha kasb ta’limi olishga tayyorlanadi.
Magistr o’z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:
ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy;
ilmiy-tadqiqot va tajriba;
loyiha-konstruktorlik;
loyiha-texnologik;
ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat ta’lim yo’nalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari bo’yicha ham shug’ullanishi mumkin.
O’qishning dastlabki ikki oyida magistratura talabasi o’z ilmiy rahbari bilan hamkorlikda Magistratura talabasining o’quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasini tuzadi. Kalendar ish reja kafedra yig’ilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi.
Magistrant tomonidan kafedrada olib boriladigan ishlar, tadbirlar, o’tkaziladigan ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ishlarni olib borish tartibi, qaysi fandan, qanday mavzularda bo’lishi kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan aniqlanadi va kafedra qarori bilan tasdiqlanadi.
Magistrant tomonidan kafedrada olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari, magistrlik dissertasiyasini tayyorlash tartibi kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan aniqlanadi va kafedra qarori bilan tasdiqlanadi. Kafedra mudiri va ilmiy rahbarning qarori bilan ilmiy-tadqiqot ishi mavzusining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda namunaviy rejadagi ishlarni dissertasiya ishini tayyorlash uchun lozim bo’lgan va rejada keltirilmagan ishlar bilan almashtirish mumkin. Bu albatta, aniqlashtirilgan kalendar ish rejada o’z aksini topishi kerak.
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilayotgan QVZ universitet ligasi 3-bosqich o’yinlari bo’lib o’tdi.
BatafsilOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘FA, O‘zPFL, Coca-Cola bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol
BatafsilOliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostidagi esselar tanlovining hududiy bosqichi Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.
Batafsil© Termiz Davlat Universiteti