Yoshlar va ilmiy jamoa vakillari bilan uchrashuv — Surxondaryoning "Oltin fondi" bilan muloqot

Har bir jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchi — ilm-fan, ma’rifat va tafakkur egalari hisoblanadi. Shu bois bilimli, tashabbuskor va iqtidorli insonlar har qanday davlatning haqiqiy "Oltin fondi", uning kelajak salohiyati hamda strategik taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy kuchdir.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetida vohaning "Oltin fondi" — professor-o‘qituvchilar, fan doktorlari hamda iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan faol talabalar, ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olimlar, professor o‘qituvchilar, fan doktorlari va mas’ullar ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlarini rag‘batlantirish, bilim va iqtidorini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, yoshlar va ilmiy jamoa vakillarining taklif va tashabbuslari tinglanib, ular asosida yangi ilmiy-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli yoshlarning g‘oya va sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil