Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 raqamli Ilmiy kengashda "Amaliy va kompyuter lingvistikasi" ixtisosligidan “Lingvistik ekspertizada ekstremistik matnni kategoriyalashtirish va avtorizatsiyalash” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Qurbonmurodov Abror Abdurashidovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Ma’lumot o‘rnida, ushbu himoyadan keyin "Oʻzbek tilshunosligi" kafedrasining ilmiy salohiyati 100 foizga yetdi.