Termiz davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi
1992-yildan bugungi kungacha bir qator xorijiy ta’lim muassasalari va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik o’rnatib kеlmoqda. Ular orasida Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Fransiya, Yaponiya, Polsha, Janubiy Korеya, Rossiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Italiya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda Yevropa Komissiyasi, shuningdеk DAAD, Gyotе Instituti, Britaniya Kеngashi, JICA, KOICA, TICA, IELTS IDP, ITEC va boshqa ko’plab talim sohasidagi xalqaro muassasalar hamda loyihalarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin.
Bugungi kundagi xalqaro hamkorlik
Hozirgi kunda universitet Germaniyaning Myunster universiteti, Yaponiyaning Rissyo, Chexiyaning Karlova Universiteti, Rossiyaning A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Sochi davlat universiteti, Fransiyaning Lion universiteti, Fransiyaning Parijdagi G‘arb va Sharq filologiyasi va arxeologiyasi labaratoriyasi, Qozog‘istonning Sirdariya, Qozoq milliy agrar universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining shimoliy-g‘arbiy universiteti va Luoyang madaniy meros va arxeologiya instituti bilan amaldagi shartoma hamda memorandum va kelishuvlarga ega. Mazkur shartnomalar asosida har o‘quv yilida malaka va tajriba almashinuvi bo‘yicha hamkorlikdagi aloqalar, ilmiy va tadqiqot ishlari olib boriladi hamda xalqaro ilmiy konferensiyalar tashkil etiladi.
2017/2018 o‘quv yillarida universitetimizga Germaniyaning Myunster Universitetidan 5 ta malakali mutaxasisslar, Xitoy Xalq Respublikasining shimoliy-g‘arbiy universiteti hamda Luoyang madaniy madaniy meros va arxeologiya institutidan 32 nafar professor arxeolog olimlar, Vengriyaning Sent Ishtvan universitetidan 9 nafar professorlar, Yaponiyaning Rissyo Universitetidan 3 nafar, Fransiyaning Parijdagi G‘arb va sharq filologiyasi va arxeologiyasi laboratoriyasidan 2 nafar professor, Chexiyaning Karlova universitetidan 2 nafar arxeolog olimlar tashrif buyurishib, ma’ruza va seminar dars mashg’ulotlari, davra suhbatlari o’tkazishdi.
Universitet Professor o‘qituvchilarini xorijda malaka oshirish bo‘yicha
2018 yilning o‘zida “Iste’dod” jamg‘armasi orqali 2 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniya va Rossiya oliy ta’lim muassasalarida o‘z malakasini oshirib kelishdi, 20ga yaqin professor o‘qituvchilar xorijiy davlatlarda bo‘lib o‘tgan konferensiyalarda qatnashib kelishdi. Universitetning 3 nafar talabasi Yaponiyaning Higashikava shahrida tashkil etilgan 2 oylik yozgi yapon tilini o’rganish kursida,
1 nafar talaba Germaniyadagi bir oylik yozgi nemis tili kursida o’qib keldi va 1 nafar talaba Qozog’istonda bo’lib o’tgan “Spelling Bee” bilimlar bellashuvida ishtirok etib faxrli o’rinni qo’lga kiritdi.
2018/2019 o’quv yilida universitetning bir nafar talabasi Vengriyada tashkil etiladigan bir yillik venger tili kursiga o’qib kelish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Ayni damda Bino inshootlari va Arxitektura yo’nalishlarida tahsil olayotgan ikki nafar talaba Moskva arxitektura akademiyasida o’qishni davom ettirish maqsadida tashkil etilgan bir yillik kursda o’qimoqda.
1996 yildan buyon universitet TЕMPUS dasturi doirasidagi hamkorlikka alohida etibor qaratilmoqda. Har yili TЕMPUSning turli loyihalari doirasida ko’pgina ishlar amalga oshiriladi. Ushbu loyihalar ta’lim tizimini takomillashtirish, moddiy-tеxnik bazani mustahkamlash hamda pеdagogik va ilmiy salohiyatni oshirishga turtki bo’lib kеlmoqda. Ayni paytda univеrsitеtda 2 ta ERASMUS+ loyihasi amalga oshirilayotganini ta’kidlab o’tish joiz.
Shuningdek,
2007-yildan boshlab, Termiz davlat univеrsitеti Yevropa Komissiyasining Erasmus Mundus loyihasida konsorsium a’zosi sifatida qatnashib kеlmoqda. Ushbu dastur doirasida ko’plab talaba, magistrant, aspirant va doktorantlarimiz Yevropa univеrsitеtlariga ta’lim olishga, profеssor-o’qituvchilarimiz esa malaka oshirishga yuborildi.
Yevropa Ittifoqining hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlashga qaratilgan PAWER loyihasi doirasida 2016-2019 yilga mo‘ljallangan qiymati 29,000 yevroga teng investitsiya universitetimizga jalb qilingan. Mazkur loyiha doirasida talabalar mobilligini yo’lga qo’yish tizimini mukammallashtirish, natijada talabalarning xalqaro mobilligini osonlashtiruvchi, hamkor ta’lim muassasalari o‘rtasida yagona mexanizm ishlab chiqish bilan bog‘liq keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Kelgusidagi rejalar:
Ayni vaqta, Erasmus+ dasturi doirasida Sloveniya, Slovakiya va Chexiya kabi mamlakatlar bilan istiqboldagi loyihalar doirasida bir qator muzokaralar olib borilmoqda.
TerDU va Utara universiteti rahbariyati o'rtasida o'tkazilgan muzokaralar natijasida universitetimizning 20 nafar talabalari Utara universitetida 2025-yilning yanvar oyida
BatafsilTermiz davlat universiteti matematik modellashtirish va kompyuter ilmlari kafedrasi o'qituvchisi Choriyev Ilhom Kenjayevich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashda
BatafsilTermiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyada bo‘lib, mamlakatning yetakchi universitetlaridan biri Utara universiteti rektori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Batafsil© Termiz davlat universiteti