TerDUda ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy, tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz davlat universitetida rektor huzurida soha prorektorlari, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda tyutorlar ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda quyidagi masalalar chuqur muhokama qilindi:
✅ta’lim intizomi va talabalar davomatini nazorat qilish holati;
✅ilmiy va investitsion faoliyat samaradorligi;
✅“Kelajak soatlari” ruknidagi “Ma’rifat soati” mashg‘ulotlarining tashkil etilishi;
✅kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari;
✅kontrakt tushumlarining amaldagi ko‘rsatkichlari.

✅ Muhokamalarda mas’ullar tomonidan mavjud kamchiliklar ochiq tahlil qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar va muddatlar belgilab olindi.

Rektor yig‘ilish yakunida barcha bo‘g‘in rahbarlariga — dekanlardan tortib tyutorlargacha — ta’lim sifatini oshirish, intizomni kuchaytirish va investitsiya loyihalarini faollashtirish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklatilishini alohida ta’kidladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil