"O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida" gi qonun 1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida qabul qilingan.
Mutal Burxonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing do'stlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
Oltin bu vodiylar - jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Joriy yilning 3–8-oktabr kunlari Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida gandbol sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Toshkent shahri
Batafsil
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi doirasida Termiz davlat universitetida sport musobaqalari qizg‘in va murosasiz davom etmoqda.
Batafsil
Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida yangi qazishma mavsumi boshlandi. Ayni paytda tadqiqotlar yodgorlikning 3-sonli nekropol hududida olib borilmoqda.
Batafsil© Termiz davlat universiteti