Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda rektor talabalarga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, xitoy tilini puxta o‘rganish, xalqaro tajriba orttirish hamda O‘zbekiston va TerDU sharafini munosib ulug‘lash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Talabalarni oldinda yangi bilimlar, xalqaro tajriba va unutilmas taassurotlarga boy 15 hafta kutmoqda!
TerDU yoshlari — dunyo sari dadil qadamlar bilan!