Kimlar to'lov-kontrakt shartnomalarini olishlari mumkin?
1. 2026/2027-o'quv yili uchun TerDU (bakalavriati)ga talabalikka tavsiya etilgan yoshlar;
2. TerDU da tahsil olayotgan yuqori (2-, 3-, 4- va 5-) kurs talabalari;
3. 2026/2027-o'quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, ammo TerDU da tabaqalashtirilgan va SUPER kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan talabgorlar.
Barcha to'lov-kontrakt shartnomalari vazirlikning kontrakt.edu.uz elektron tizimi orqali to‘liq avtomatlashtirilgan tartibda shakllantiriladi.
Shartnomani (onlayn) shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatma:
1. Yagona kontrakt.edu.uz elektron tizimiga tashrif buyuring;
2. Shaxsiy identifikatsiya ma’lumotlaringiz (JSHSHIR hamda pasport seriyasi va raqami) orqali tizimga kiring;
3. Kerakli shartnoma turi (bazaviy yoki tabaqalashtirilgan (super))ni tanlab, OneID yoki elektron raqamli imzo (ERI) orqali tasdiqlang va yuklab oling.
❗️Ma’lumot o‘rnida TerDUda ta'lim yo‘nalishlari kesimida belgilangan super kontrakt to‘lov miqdorlari o‘zgartirilmaydi.
Eslatma: Shartnomani yuqoridagi videoyo'riqnoma orqali onlayn shakllantirishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
+998 90 749 86 79
+998 99 034 53 19