“Dentons Tashkent”dan TerDU talabalari uchun bebaho sovg‘a!

“Dentons Tashkent” yuridik firmasi homiyligida tarjima qilingan, huquq sohasi olamida yuksak e’tirof etilgan Shmitthoffning “Xalqaro savdo huquqi va amaliyoti” nomli fundamental asari endilikda TerDU Axborot-resurs markazi fondidan o‘rin oldi! 

Gap shundaki, “Dentons Tashkent” firmasi boshqaruvchisi Eldor Mannopov 1080 betdan iborat ushbu noyob nashrning 3 nusxasini universitetimiz talabalariga foydalanish uchun beg‘araz taqdim etdi.

Ushbu asar Yurisprudensiya va Biznes huquqi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarimiz uchun nafaqat muhim nazariy manba, balki kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ishonchli amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 

TerDU jamoasi “Dentons Tashkent” yuridik firmasiga va shaxsan Eldor Mannopovga ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 37

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil