O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.
Hududlardagi faoliyatini yanada rivojlantirib, viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini keng targ‘ib qilishga e’tiborni kuchaytirmoqda. Ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida qiziqarli uchrashuvlar o‘tkazib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, joylarda yuz berayotgan o‘zgarishlarning odamlar hayotini o‘zgartirishdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr almashmoqda. Hududlardagi yangilanishlar bilan tanishib, qiziqarli maqolalar, videolavhalar tayyorlamoqda.
Yangi loyiha doirasida shu yil mart oyida Xorazm, iyun oyida Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar bunga yaqqol dalildir.
"O‘zA kunlari"ning maftunkor kuz faslidagi mezboni Surxon vohasi bo‘ldi. Agentlik ijodkorlari janubdagi voha ahli bilan uchrashuvini Termiz davlat universitetidan boshladi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Batafsil:https://uza.uz/uz/posts/913898