CV Studio — ma’lumotnoma va rezyume tayyorlash uchun qulay xizmat

Termiz davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mutaxassislari tomonidan foydalanuvchilar uchun CV Studio xizmati tashkil etildi.

✅Mazkur platforma orqali ma’lumotnoma va rezyumelarni tez, qulay va bepul tayyorlash mumkin.
📝 Ma’lumotnomani Word yoki PDF formatida yuklab olish
📄 Rezyumeni
PDF formatida tayyorlash
⬇️ Fayllarni cheklovsiz va hech qanday qo‘shimcha belgilarsiz yuklab olish
🟢 Kiritilgan ma’lumotlar va rasmlar brauzerning o‘zida qayta ishlanadi — serverga yuborilmaydi
🛡 Xizmatdan foydalanishda cookie va shaxsni aniqlovchi ma’lumotlar yig‘ilmaydi

Shuningdek, foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar brauzerda saqlanadi. Shu sababli brauzer ma’lumotlari o‘chirilganda yoki boshqa brauzerdan foydalanilganda avvalgi ma’lumotlar saqlanmasligi mumkin.

🔗 Havola: https://cv.fastai.uz/

🟢Hujjatni topshirishdan oldin undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini hamda qabul qiluvchi tashkilot talablarini tekshirish tavsiya etiladi.

✅ CV Studio — hujjatlarni tayyorlashda sodda, xavfsiz va bepul yechim.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

  • 2026-10-15
  • 22

Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

Batafsil

TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

  • 2026-10-15
  • 27

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda

Batafsil

TerDU jamoasi hudud g‘olibi — respublika bosqichi ishtirokchisi!

  • 2026-10-14
  • 20

Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil