Viloyat hokimi sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi va talabalar bilan tushlik qildi

Termiz davlat universitetiga tashrifi doirasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov oliygoh hududidagi sport inshootlari va ularda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ta’lim maskanida zamonaviy talablarga javob beradigan sport bazasi shakllantirilgan bo‘lib, yoshlar uchun sportning turli yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatlari yaratilgan.

Viloyat rahbari va universitet rektori sport maydonlari bilan tanishuvdan so‘ng, sportchi talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi hamda xalqaro, Olimpiya va Paralimpiya musobaqalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi universitet oshxonasi faoliyati va sanitariya-gigiyena sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. Talabalar bilan birga tushlik qilib, ularning o‘qish va turmush sharoiti, kelgusi rejalari haqida samimiy suhbatlashdi hamda o‘qishda faollik tiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil