Universitetdagi xalqaro loyihalar bo’yicha rejalar:
– O’zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Termiz davlat universitetida yapon tili markazini tashkil yetish;
– Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy–G’arbiy universiteti bilan hamkorlikda Konfutsiy – xitoy tili markazini tashkil yetish;
– O’zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda universitetda IELTS imtixonlari uchun ro’yxatdan o’tkazish idorasini tashkil yetish;
– Chexiya Respublikasidagi Ostrava universiteti bilan o’qituvchi va talabalar mobilligi doirasidagi xalqaro loyihada ishtirok etish;
– Slovakining Kosis Texnika universiteti bilan ilmiy salohiyatni oshirish bo’yicha xalqaro loyihada ishtirok etish;
– Universitet ialabasi Ismatov Dilshodni 10 oy muddatga Vengriyanig Sent Ishvan universitetiga venger tili kurslarida ishtirok etish uchun yuborish;
– Joriy yilning 21 dekabrida Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro mobillik masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferentsiyaga mezbonlik qilish;
Termiz davlat universitetidagi xalqaro loyihalar:
Loyiha granti oluvchisi: Italiyaning L’Akvila universiteti.
Loyiha maqsadi: Loyiha talabalar mobilligi kontekstida kreditlarni (baholarni) va besh o’quv yo’nalishi bo’yicha baholash tizimini mukammallashtirish va bir xillashtirish jarayonini yo’lga qo’yishdan iboratdir. Loyiha yakuniga ko’ra talabalarning xalqaro mobilligini osonlashtiruvchi, hamkor ta’lim muassasalari o’rtasida yagona mexanizm ishlab chiqiladi
Loyihaning umumiy miqdori: 29,000 yevroga teng
Loyiha muddati: 2016-2019 yy
Loyiha granti oluvchisi: Polshaning Gdansk universiteti.
Loyiha maqsadi: Shu sohada O’zbekistonda magistratura bosqichidagi ta’limni rivojlantirish va bu borada malaka almashish imkoniyatini yaratib berish
Loyihaning umumiy miqdori: 79,400 yevroga teng
Loyiha muddati: 2018-2021 yy
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti o‘qituvchilari tomonidan yurisprudensiya yo‘nalishi kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun “Davlat va huquq tarixi” fanidan sayyor dars tashkil etildi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti "Fizika" kafedrasi o'qituvchisi Muminov Baxriddin Saidumarovich Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda
Batafsil
Pekin shahridagi Beijing City University yozgi maktab dasturi talabalarimiz orasida katta qiziqish uyg‘otdi. 14 kunlik ushbu grant dasturida qatnashish uchun saralash suhbati yakunlandi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti