Germaniya universiteti bilan akademik va ilmiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

Termiz davlat universitetiga Germaniyaning Myunster universiteti professori Silvia Reuvekamp hamda Bergishe Vuppertal universiteti professori Matthias Martinez tashrif buyurdilar.

Muloqot davomida mavjud akademik aloqalarni kengaytirish, xususan, Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro yozgi maktab tashkil etish, nemis tili o‘qituvchilari uchun Myunster universitetida malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ta’lim jarayoniga germaniyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, Nemis tili markazini tashkil etish, germanistika yo‘nalishida qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro onlayn ilmiy jurnal yaratish, akademik almashinuv hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ilmiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilib, Germaniya tomoni arxeologiya yo‘nalishida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar, arxeologik ekspeditsiyalar va ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

Tashrif yakunida ilgari surilgan tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 26

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 35

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 32

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil