Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi PQ-675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lgan, biroq oliy ma’lumoti mavjud bo‘lmagan talabgorlar uchun suhbat asosida imtihonlar tashkil etildi.
.jpg)
Mazkur jarayonda talabgorlar Yurisprudensiya, Ijtimoiy ish, Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbatdan o‘tkazildi.

Suhbat asosidagi imtihon — bu shunchaki sinov emas, balki yillar davomida orttirilgan mehnat tajribasi, bilim va salohiyatni namoyon etish uchun yaratilgan muhim imkoniyatdir!

.jpg)