Termiz davlat universiteti "Falsafa" kafedrasi professori Rasulov Hakim Mamanovich O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Siyosiy madaniyat va mafkura" ixtisosligidan “O‘zbekiston milliy taraqqiyotining hozirgi bosqichida siyosiy va huquqiy madaniyatning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash masalalari” mavzusidagi siyosiy fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Hakim Mamanovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!