Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!

Termiz davlat universiteti rektorining tegishli buyrug'iga muvofiq 2026/2027-o'quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish bo‘yicha barcha (Yurisprudensiya bundan mustasno) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlari suhbat shaklida o‘tkazilishi belgilandi.

Talabgorlar ro'yxati

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish bo‘yicha barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari (suhbatlar) joriy yilning 20-avgust kuni universitet qabul komissiyasi (Axborot texnologiyalari fakulteti) binosida soat 9:00 da o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

📍 Binoning joylashuv manzili

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish bo‘yicha "Yurisprudensiya" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun kirish imtihoni (test sinovi) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi (test sinovi kuni, joyi va vaqti bo'yicha qo'shimcha ravishda ma'lumot beriladi).

🌟 Eslatma: Barcha talabgorlar imtihon (suhbat) jarayonlariga o'z vaqtida va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishi lozim.

📞Murojaat uchun tel.:+998 95 978 55 95 (Jahonnur Javliyev)
✈️ Telegram orqali murojaat: @TerSU_2026
⏲️ Murojaat vaqti: har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

  • 2026-08-14
  • 66

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-14
  • 36

Termiz davlat universiteti "Registrator ofis menejeri" Djurayev Muzaffar Gulamjonovich Termiz muxandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga

Batafsil

TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi

  • 2026-08-13
  • 99

Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi.

Batafsil