Termiz davlat universiteti "Registrator ofis menejeri" Djurayev Muzaffar Gulamjonovich Termiz muxandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari)" ixtisosligidan “Paxta xomashyosini iflosliklardan tozalash takrorligini boshqarishni tadqiq etishi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan Muzaffar Gulamjonovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!