TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi

Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi.

Loyihaga ko‘ra, suzish havzasi hududida zamonaviy suzish majmuasi, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va avtoturargohlar tashkil etiladi.

Shuningdek, viloyat rahbariga Afg‘on shamolining salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan ilmiy loyihalar hamda Termiz tumani Xalqobod MFY hududidagi, Uchqizil ko‘li sohilida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar ham taqdim qilindi.

Xususan, Uchqizil suv ombori hududida foydalanilmay turgan dam olish maskanini rekonstruksiya qilish, harbiy kafedra faoliyatini tashkil etish, sohil bo‘yini obodonlashtirish va qator yo‘nalishlarda daromad manbaini shakllantirishni ko‘zda tutgan quyidagi loyihalar amalga oshiriladi:

  • tennis korti;
  • baliq yetishtirish ko‘li;
  • zamonaviy dam olish maskani;
  • ochiq ma’ruza zali;
  • issiqxona;
  • oshxona;
  • o‘quv binosi tashkil etiladi.

Shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish, sohil bo‘yida zamonaviy infratuzilma yaratish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun ta’lim, sport va dam olishni uyg‘unlashtirgan qulay muhit shakllantirish rejalashtirilmoqda.

Mazkur loyihalar TerDU infratuzilmasini yanada rivojlantirish va universitet jamoasi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 26

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 35

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 32

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil