Ish beruvchilar fikri – bitiruvchiga xolis baho!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-sonli Farmoni ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasining o‘tkazilish jarayoni va bugungi holati muhokama qilindi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ul xodimi N. Ismoilov, shuningdek, viloyatdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarining mutasaddi rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Kun tartibida ish beruvchilarning bitiruvchilar bilimi, kasbiy va amaliy ko‘nikmalari hamda kompetensiyalarini baholash, shuningdek, kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikr va takliflari muhokama qilindi.

📝 So‘rovnoma natijalari ta’lim sifatini takomillashtirish, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda ish beruvchilar ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

🗣Ma’lumot uchun: Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi 15-avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

👤 Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomada faol ishtirok eting va xolis fikringizni bildiring.
Sizning fikringiz — sifatli ta’lim va raqobatbardosh kadrlar uchun muhim qadam!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 26

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 35

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 32

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil