TerDU — raqamli transformatsiya va innovatsiyalar sari!

Termiz davlat universiteti rektori huzurida ta’lim jarayonlarini zamonaviylashtirish va talabalar uchun qulay raqamli muhit yaratishga qaratilgan 2 ta innovatsion loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot davomida “TerDU Student Card” va “USTOZ24” loyihalarining mazmun-mohiyati, imkoniyatlari hamda ularni amaliyotga joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

“TerDU Student Card” — talabaning ID, QR/NFC, HEMIS, davomat, kutubxona, TTJ, to‘lov, transport hamda hamkor tashkilotlardagi chegirmalarni yagona raqamli ekotizimga birlashtirishga qaratilgan loyiha.

“USTOZ24” — o‘quvchi, talaba va boshqa foydalanuvchilarni malakali talabalar, magistrantlar, professor-o‘qituvchilar hamda soha ekspertlari bilan bog‘lovchi zamonaviy ta’lim xizmatlari platformasi.

Mazkur loyihalar TerDUda raqamli transformatsiyani jadallashtirish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 22

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 35

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 31

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil