TerDU yangi ta’lim modeliga o‘tmoqda

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayonini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “5 T — taʼlim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish” modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Mazkur yo‘nalishdagi strategik vazifalar va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor O‘. Axmedov boshchiligida ishlab chiqilib, taqdimot shaklida taqdim etildi.

Yangi modelning asosiy maqsadi — talabani faqat bilim bilan emas, balki zamonaviy kasbiy, amaliy va raqamli ko‘nikmalar bilan qurollantirish.

Bu borada:
🟢ta’lim dasturlari mehnat bozori talablari asosida yangilanadi;
🟢 dual ta’lim va ish beruvchilar bilan hamkorlik kengaytiriladi;
🟢 nazariya bilan amaliyot uyg‘unligi kuchaytiriladi;
🟢 professor-o‘qituvchilarga akademik erkinlik beriladi;
🟢 xorijiy mutaxassislar jalb qilinib, xalqaro akademik mobillik imkoniyatlari kengaytiriladi;
🟢 sun’iy intellekt, VR va raqamli texnologiyalar ta’lim jarayoniga faol joriy etiladi;
🟢 talabalar uchun Python, Canva, xorijiy tillar va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shimcha bepul kurslar tashkil etiladi;
🟢 inklyuziv ta’lim uchun qulay sharoitlar yaratiladi;
🟢 talabalar bilimini baholashda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va amaliy ko‘nikmalarga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
🟢Shuningdek, “Bir oyda — bir ish beruvchi darsi” tashabbusi orqali talabalar bevosita soha mutaxassislari va ish beruvchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🟢Birinchi kurs talabalari uchun esa universitet muhiti, ta’lim yo‘nalishlari, karyera imkoniyatlari va mavjud sharoitlar bilan tanishtiruvchi 2 haftalik tanishtiruv dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
🟢Maqsad — zamonaviy bilimga ega, amaliy ko‘nikmasi kuchli, mustaqil fikrlaydigan va mehnat bozorida raqobatbardosh bitiruvchini tayyorlash.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

  • 2026-08-14
  • 66

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-14
  • 36

Termiz davlat universiteti "Registrator ofis menejeri" Djurayev Muzaffar Gulamjonovich Termiz muxandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga

Batafsil

TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi

  • 2026-08-13
  • 99

Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi.

Batafsil