TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan TerDU rektori Abduqodir Toshqulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ulug‘bek Ahmedov boshchiligidagi mas’ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, zarur shart-sharoitlarni yaratish, shtatlar birligini shakllantirish hamda talabalarni saralash jarayonlarini belgilangan tartibda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Markazda jami 155 nafar talaba tahsil olishi rejalashtirilgan. Shuningdek, xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalari ham shartnoma asosida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olishlari mumkin.

Talabgorlar uchun saralash jarayonlari 10–24-sentabr kunlari o‘tkaziladi. Nomzodlar:
🔹tibbiy ko‘rikdan;
🔹jismoniy tayyorgarlik sinovidan;
🔹test sinovlaridan o‘tadilar.

Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida mashg‘ulotlar 2-oktabrdan boshlanadi.

Eng muhim jihati — markazda harbiy tayyorgarlikni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar belgilangan tartibda harbiy guvohnomaga ega bo‘ladilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

  • 2026-08-14
  • 66

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-14
  • 35

Termiz davlat universiteti "Registrator ofis menejeri" Djurayev Muzaffar Gulamjonovich Termiz muxandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga

Batafsil

TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi

  • 2026-08-13
  • 99

Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi.

Batafsil