Termiz shahri mezbonligida o‘tayotgan “Besh tashabbus Olimpiadasi doirasidagi qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Respublika final bosqichi ayni damda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun kechayotgan nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.
5 kunlik musobaqa bahslari “Surxon Arena”, Termiz davlat universitetining voleybol sport zali hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli sport majmualarida tashkil etildi.
Bugunga qadar asosan Termiz davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan voleybolchi qizlarimiz ham munosib ishtirok etib, zafarli odimlarini davom ettirmoqda.
Kuchli zarbalar, keskin vaziyatlar va murosasiz bahslar tobora avjiga chiqmoqda!
Endi barcha nigohlar — kubok sari dadil odimlayotgan qizlarimizda!