Termiz davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi Normoʻminova Dilafruz Erkinovna Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" ixtisosligidan “Shaxs xavotirlanishi va agrеssivligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari diagnostikasi” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Dilafruz Erkinovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!