➡️Termiz davlat universiteti rektori huzurida xalqaro hamkorlik, xalqaro akkreditatsiya va reytinglar, xorijlik talabalarni jalb etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
🟢Mazkur yo‘nalishdagi amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor hamda tarkibidagi bo‘lim mas’ullari tomonidan taqdim etildi.
📊Taqdimotda 2026-yilda TerDUning xalqaro reytinglardagi mavqeini mustahkamlash, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish va xalqaro akademik makondagi ishtirokini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Jumladan:
🟢professor-o‘qituvchilarning SCOPUS bazasidagi ilmiy maqolalari sonini oshirish;
🟢TerDUning akademik va ish beruvchi reputatsiyasini yuksaltirish;
🟢Utara universiteti ta’lim markazi va Konfutsiy institutini tashkil etish;
🟢 Jiangsu universiteti filialini ochish bo‘yicha ishlarni rivojlantirish;
🟢TerDUning “QS by Subject” reytingiga kirishini ta’minlash;
🟢RUR reytingi mas’ullarining tashrifini tashkil etish;
🟢UI GreenMetric Global reyting forumini TerDUda o‘tkazish.
➡️Shuningdek, xorijlik talabalarni jalb etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
✅ Rektor A.Toshqulov xalqaro nufuzni oshirish faqat reytinglardagi natijalar bilan cheklanib qolmasligi, balki ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik sifati, xorijiy talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda qo‘shma ta’lim dasturlarining samaradorligi bilan uyg‘un holda olib borilishi lozimligini ta’kidladi.