Termiz davlat universitetida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ishlari taqdimot qilindi

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda hududlar va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham ilmiy-tadqiqot va amaliy yo‘nalishlarda qator loyihalarga start berilgan.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universiteti Registrator ofisida sun’iy intellekt asosida yaratilgan axborot tizimlari va raqamli xizmatlar taqdimoti bilan tanishdi.

Ayni paytda oliygohda 110 ta xizmat turi onlayn ko‘rsatilmoqda, shulardan 60 tasi mobil ilovalar orqali foydalanish imkoniyatiga ega. Endilikda mazkur imkoniyatlar sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yanada takomillashtirilmoqda.

Viloyat rahbari dasturchilar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ular orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish, shuningdek, turli tarmoq va sohalarga sun’iy intellekt yechimlarini keng tatbiq etish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, universitetda ta’lim sifatini oshirish, talabalarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda oliygohning milliy va xalqaro reytingdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ishlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil