TERDUDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA!

➡️O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Termiz davlat universiteti va M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti tashabbusi bilan “Filologiyaning dolzarb va istiqbolli masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

➡️Konferensiyaning maqsadi: Zamonaviy tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik hamda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, yangi taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

➡️Asosiy yo‘nalishlar:
🟢Tilshunoslik va lingvokulturologiya
🟢Adabiyotshunoslik va madaniy tadqiqotlar
🟢Tillarni o‘qitish metodikasi
🟢Tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot

➡️Anjumanda  AQSH, Keniya, Filippin, Germaniya, Eron,  Afg‘oniston, Hindiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston olimlari ishtirok etmoqda.
Ushbu konferensiyada 500 nafardan ortiq olimlar o‘z ilmiy ishlari natijalarini konferensiya materiallari to‘plamiga kiritish uchun taqdim etishdi.


➡️31-oktyabr kuni mehmonlar uchun Termiz va Surxondaryo viloyatining tarixiy hamda diqqatga sazovor joylariga ekskursiya tashkil etiladi.

Ilm, til va madaniyatni rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlik — bizning ustuvor maqsadimiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 48

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil