ERASMUS+

TRIGGER loyihasining (Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for students through creating conditions for graduateʻs
employability in Central Asia – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashishi sharoitlarini yaratish uchun talabalarning innovativ yondashuvlari va tadbirkorlik koʻnikmalarini yoʻlga qoʻyish) asosiy muvofiqlashtiruvchisi Slovakiyaning Koshitse texnika universiteti (The Technical University of Košice – TUKE) boʻlib, u 1952-yilda tashkil etilgan. 
TRIGGER loyihasida Slovakiya, Fransiya, Avstriya, Gretsiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston oliy taʼlim muassasalari (OTM) qatnashmoqda.
TRIGGER loyihasining asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali iqtisodiyotning oʻsishiga hissa qoʻshishdan iborat. Bunga oliy oʻquv yurtlarining kelajakdagi muammolarga tayyorligini oshirish orqali erishiladi. Loyihada oliy taʼlim muhitining tadbirkorlik va innovatsion faoliyatlari, tadbirkorlik taʼlimi va koʻnikmalarini rivojlantirishni takomillashtirish, ishga qabul qilish, bitiruvchilarning bandligini taʼminlashda oliy oʻquv yurtlarining hamkorligini mustahkamlash, ularning barqarorligini taʼminlash boʻyicha olti qismdan iborat vazifalar koʻzda tutilgan.  Loyihaning umumiy byudjeti 57612 yevroni tashkil qiladi.
Termiz davlat universitetining loyiha doirasidagi vazifasi tashkil etiladigan seminar-treninglarda olingan koʻnikmalarni universitet professor-oʻqituvchilari va talabalariga yetkazish

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 227

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 122

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 117

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil