Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va doktorantlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida 10–23-avgust kunlari o‘tkazilayotgan XIII Xalqaro Bolgar arxeologiya maktabida faol ishtirok etmoqda.
Xalqaro yozgi maktabda Belarus, Rossiya Fanlar akademiyasi, Xitoy, O‘zbekiston hamda Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, arxeologiya sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashmoqda.
Tadbir doirasida sun’iy intellekt, raqamli arxeologiya, arxeologik tadqiqotlarda geologik va geofizik qurilmalardan foydalanish, geodeziya hamda 3D modellashtirish kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy munozaralar va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Arxeologik dala tadqiqotlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar yuzasidan TerDU professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashib, kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilmoqdalar.