17–21-avgust kunlari Urganch davlat universitetida “Ta’lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish” mavzusida Xalqaro yozgi maktab tashkil etilmoqda.
Unda Germaniyaning Myunster va Vuppertal universitetlari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda. Termiz davlat universiteti jamoasi ham mazkur xalqaro tadbirda faol qatnashyapti.
.jpg)
Yozgi maktab doirasida sun’iy intellekt, ilmiy tadqiqotlar, tarjima, nemis tilini zamonaviy usullarda o‘qitish, madaniyatlararo muloqot va PhD ta’limi kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikr va tajriba almashilmoqda.
.jpg)
Seminar va master-klasslarda TerDU professor-o‘qituvchilari, magistrantlari hamda talabalari o‘z bilim va tajribalarini boyitib, xorijiy hamkasblar bilan muloqot qilmoqda.
.jpg)
Xalqaro yozgi maktab ishtirokchilari uchun Xiva, Urganch va Nukus shaharlariga madaniy-ma’rifiy tashriflar ham rejalashtirilgan.
.jpg)