Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik!

Oliygohning Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Prof. Lu Gang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda atrof-muhitni muhofaza qilish, hududda mavjud chang bo‘ronlari va boshqa shu kabi muammolarni ilmiy o‘rganish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun 3 va 6 oylik akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar va ilmiy stajirovkalarni tashkil etish, shuningdek, xitoy tili o‘qituvchilarini vohaga jalb etish bo‘yicha kelishib olindi.

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti Xitoy milliy reytingida 29-o‘rin, ARWU reytingida 201–300, THE reytingida 251–300, QS reytingida 394-o‘rinda qayd etilgan. Universitetning qariyb 10 ta fan yo‘nalishi TOP-100 talikka kirgan bo‘lib, pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha Xitoyda 2-o‘rin va THE reytingida 50-o‘rinni egallaydi.

Mazkur hamkorlik Surxondaryoning dolzarb ekologik muammolariga xalqaro ilmiy tajribani jalb etish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-19
  • 7

Termiz davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi Abdullayeva Zuhra Ismoilovna Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda

Batafsil

TerDU jamoasi xalqaro yozgi maktabda ishtirok etmoqda

  • 2026-08-18
  • 4

17–21-avgust kunlari Urganch davlat universitetida “Ta’lim va ilm-fan uchun birgalikda yangi istiqbollar yaratish” mavzusida Xalqaro yozgi maktab tashkil etilmoqda.

Batafsil

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik!

  • 2026-08-16
  • 10

Oliygohning Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Prof. Lu Gang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil