Fizika-matematika fakulteti

16
Fizika-matematika fakulteti DEKANI Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD),

Ibragimov Nodir Shapulatovich

Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba, Shanba: 08 00 – 17 00
Telefon: +998912280112
Telegram: +998936354981
16
Fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD), O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DEKAN MUOVUNI

Bozorov Jo‘rabek Tog‘aymurotovich

Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba, Shanba: 10 00 – 14 00
Telefon: +998901231906
Telegram: +998901231906
16
O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DEKAN MUOVUNI

Aytuganov Urol Xudoyqulovich

Qabul vaqti: Dushanba, Chorshanba, Juma, Shanba: 08 00 – 17 00
Telefon: +998919098318
Telegram: +998919098318
16
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA DEKAN MUOVINI

Dehqonov Javohir Mirzali o‘gli

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 08 00 – 17 00
Telefon: +998999291991
Telegram: +998999291991
16
ILMIY ISHLARI BO‘YICHA DEKAN MUOVUNI PEDOGOGIKA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PHD)

Djurayeva Dilnoza Shakirjanovna

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14 00 – 16 00
Telefon: +998973432035
Telegram: +998973432035

Fizika-matematika fakultetida hozirda jami 2 ta ta’lim yonalish hamda 4 ta mutaxassislik mavjud bolib, ular:

60540100-Matematika ta’lim yo‘nalishi

5130100-Matematika (kechki) ta’lim yo‘nalishi

60530900-Fizika ta’lim yo‘nalishi

60530900-Fizika (kechki) ta’lim yo‘nalishi

70540101-Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

70530901-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi

70530904-Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi

70530905-Yarim o‘tkazgichlar fizikasi.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlarda jami 1149 nafar talaba 114 nafar magistrant tahsil oladi. Shundan 241 nafari davlat granti asosida, 709 nafari kontrakt asosida tahsil oladi, 6 nafari harbiy qism tavsiyasi asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, shundan 1 nafari davlat granti, 5 nafari to‘lov shartnoma asosida qabul qilingan.

Jami talabaning 1000 nafari o‘zbek millatiga, 18 nafari tojik, 2 nafar qozoq, 1 nafar boshqir va 6 nafari turkman millatiga mansub. 1027 nafar talabaning 945 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan, 82 nafari boshqa viloyatlardan kelib tahsil olmoqda.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud ular:

Matematik analiz

Algebra va geometriya

Umumiy fizika

Nazariy fizika

Fakultet professor o‘qituvchilarining soni jami 61 nafar bo‘lib shundan 6 nafari fan doktori 11 nafar nomzodlari va 3 nafari professor hisoblanadi.

Fizika-matematika fakulteti

Termiz davlat pedagogika instituti qoshida fizika va matematika fanlaridan mutaxassis kadrlar tayyorlash 1967 yilda Tabiiy fanlar fakulteti qoshida fizika va matematika bolimlari ochilishi bilan boshlangan. 1971 yilda Fizika-matematika fakulteti tashkil etilagan. Osha davrda fizika va matematika fanlaridan ilmiy darajalilar juda kam edi, 1983 yilda Termiz davlat pedagogika institutida birinchi bolib fan doktori darajasini matematika kafedrasi mudiri Norali Norboyev Moskva davlat universitetida himoya qilgan. Norali Norboyev biofizika soxasida nafaqat Respublikamizda balki sobiq ittifoqda ham kozga koringan yirik olim edi. Shogirtlari dotsentlar J.G‘afforov, Ch.Berdiyev, S.Turdiyeva, U.Berdiyev, Ch.Shaymanov, Z.Norboyevlar u kishi asos solgan maktabni davom ettirdilar.

1983 yildan Termiz davlat pedagogika instituti rektori bolib ishlab boshlagan f.-m.f.d., professor Nazar To‘rayev 1991 yildan O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademikligiga saylandi. Nazar To‘rayev eletromagnit nurlanishlarning qattiq jismlar bilan o‘zaro ta’siriga oid nazariy tadqiqotlar bilan shug‘ullangan. Nazar To‘rayev maktabidan prof.E To‘rayev, E.Yadgorov, dotsentlar Sh.Misirovlar yetishib chiqishdi.

Shuningdek fizika ta’limi sohasida f.-m.f.d., professor Eshim O‘rinov, dotsentlar A.Qosimov, M.Choriyev, A.G‘aniyev, Y.To‘rayev, N.Sariyev va hakozalar ishlashgan.

Fakultetning fizika ta’lim yo‘nalishini bitirgan sobiq talabalari prof. Mirzayev O‘zbekiston fanlar akademiyasining vitse prezidenti, f.-m.f.d. Umid Xalilov ko‘p yillar Belgiyaning Bryussel shahrida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan.

Termiz davlat pedagogika institutida matematika sohasida juda ko‘plab yetuk olimlar ish olib borishgan. Bular professorlar S.Abdunazarov, A.Meliqulov, dotsentlar A.Xurramov, B.Mengziyayev, Ch.Eshqarayev, E.Bozorov, O.Begaliyev, M.Ortiqov, I.Xayrullayevlardir.

Matematika sohasida maktab yaratgan olimlardan “Matematik analiz” kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari doktori Mirsaburov Miraxmat, O‘zbekiston F.A akademigi Mahmud Salohiddinov Salohiddinovich rahbarligida fizika-matematika fanlari bo‘yicha nomzodlik (1981 yil) va doktorlik (2000 yil) dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Mirsaburov.M ilmiy yo‘nalishi Singulyar koeffitsiyentli aralash turdagi tenglamalar uchun nostandart nolokal masalalarni korrektligini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Prof. M.Mirsaburov bajarilishi 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan “Singulyar koeffitsiyentli Gellerstedt tenglamasi uchun Trikomi masalasi, siljishli masala va Bitsadze-Samarskiy masalalarining shartlarini o‘zida birlashtirgan masalalarning korrektligini o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihaning rahbari.

Hozirgi kunda 2021-2025 yillarda bajarilishi mo‘ljallangan “Aralash turdagi tenglamalar uchun xarakteristika va buzilish chizig‘ida Frankl va Bitsadze-Samarskiy shartlari berilgan masalalar korrektligini noklassik singulyar integral tenglamalarga olib kelib o‘rganish” loyiha rahbari hisoblanadi.

Loyihaning moliyaviy qiymati 2 500 000 000 so‘m.

Prof M.Mirsaburovning 30 dan ortiq ilmiy maqolasi Rossiyaning Scopus tizimidagi nufuzli jurnallarida “ Differensialniye uravneniya” (17), “Izvestiya vuzov, Matematika” (8), “Matematicheskiye zametki” (2). Dokladi RAN (1), Sibirskiy matematicheskiy jurnal (1) “Dokladi AMAN” (1), “Izvestiya AMAN” (1) jurnallarida e’lon qilingan. Bu maqolalarga 280 dan ortiq iqtibos mavjud.

Prof. M.Mirsaburov, akademigi Salohiddinov M.S.bilan birgalikda 1 ta monografiya yozgan.

Prof. M.Mirsaburov rahbarligida B.Eshonqulov, S.Choriyevalar kandidatlik ishlarini himoya qilishdi. Shu kunlarda U.Bobomurodov, N.Xurramov, G.Mirsaburovalar ilmiy ishlarini himoya qilish arafasida.

“Algebra va geometriya” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari doktori Ismail Allakov, O‘zbekiston FA akademigi A.F.Lavrik va prof. M.I.Israilovlar rahbarligida fizika-matematika fanlari nomzodi (1983 yil Leningrad davlat universitetida) va doktorlik (2008 yil O‘z FA Matematika va texnologiyalar institutida) dissertatsiyalarini himoya qilgan. I.Allakov va A.Safarov birgalikda “Juft sonlarni arifmetik progressiyadan olingan 2 ta tub sonning yig‘indisi ko‘rinishida ifodalanadigan sonlar, tub son va tub sonlarning ko‘paytmasi va natural sonlarni tub sonning darajasi ko‘rinishida ifodalash masalalardagi (Goldbaxning binar muammosi, L.K.Hua) muammolarda maxsus to‘plamlar uchun yangi baholar olindi va bu natijalar skopus tizimida litsenziyalanadigan Rossiyaning “Chebishevskiy sbornik” hamda “Izvestiya vuzov va boshqa ilmiy jurnallarda e’lon qilindi.

2020 yilda “Sonlar nazariyasida misol va masalalar yechish (yechimlari bilan)” o‘quv qo‘llanmasi Vazirlik tomonidan markazlashgan holda chop etildi.

Samarali mehnatlari uchun I.Allakov 2019 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Namangan viloyatida sohil kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

  • 2023-06-09
  • 22

Unda Termiz davlat universiteti Sport faoliyati kurash yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etib, ayollar o'rtasida Xojar Shapoatova 63kg vaznda 1-o‘rin, Mohinur Choriyeva 52kg hamda Yulduz Ustoyeva 70 kg vazn bilan 2-o‘rinni

Batafsil

KITOBLAR YARMARKASI

  • 2023-06-08
  • 19

Amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy izchil islohotlar jarayonida yurtimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yoshlarda kitobga bo’lgan qiziqishni oshirish, ularni kitobga oshno etish va ko‘proq

Batafsil

Qutlov

  • 2023-06-07
  • 114

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi Dulanov Otabek Yuldashevichni Termiz davlat universiteti

Batafsil