Tarix fakulteti dekani Tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD),
Abdulloyev Shuxratjon Boboismoilovich
Fakultet registrator ofis menejeri
Qobilov Xayrulla Xo‘jayorovich
Tarux fakultetida 4 ta kafedra Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik, Falsafa kafedralari, Arxeologiya hamda Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli ilmiy kengash qoshida 07.00.01-“O‘zbekiston tarixi” va 07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash (PhD) faoliyat olib bormoqda.Fakultetda 54 nafar professor-o‘qituvchi: Shulardan 4 nafar tarix fanlari doktori va 2 nafari falsafa fanlari doktori, 7 nafari fan nomzodi va 14 nafari (PhD), 9 ta katta o‘qituvchi, 18 nafari o‘qituvchi. Fakultetda 1200 nafar talaba tahsil oladi.
FAKULTET TARIXI:
Universitetda ko‘p yillardan buyon malakali tarix mutaxassislari tayyorlanmoqda. 1967—1968 o‘quv yilidan boshlab tarix-geografiya bo‘limi tashkil etilib, talabalar soni 50 nafar bo‘lgan. 1977—1978 o‘quv yilida talabalarning soni orta borishi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti rektorining maxsus buyrug‘i bilan tarix va xorijiy tillar fakulteti tashkil qilindi. 1977-1982 yillarida fakultet dekani etib tajribali pedagog, dotsent B. Jabborov(marxum) faoliyat ko‘rsatdi. 1982-1992 o‘quv yillarida fakultet dekanligini t.f.n. dots. K.Avliyoqulov (marxum), 1993-1997 yillar prof. X.Turayev(marxum), 1997-2002 o‘quv yilida dots. X.Toshpulatov (marxum), 2002-2004 o‘quv yilida dots. A.Isayev (marxum), 2004-2009 o‘quv yilida t.f.d. Sh.Shaydullayev, 2009-2011 o‘quv yilida t.f.d. E.Qobilov, 2011-2012 o‘quv yilida dots. N.Mallayev, 2012-2019 yil mart f.f.n. R.Norliyev, 2019-2021 yil may oyicha tarix fanlari doktori E.Qabulovlar faoliyat ko`rsatishdi. Hozirda fakultet dekani tarix fanlari nomzodi, dotsent X.E.Xolmuminov lavozimida ishlab kelmoqda. Bu yillar mobaynida fakultet professor-o‘qituvchilari son va sifat jihatidan o‘sdi. M.Oltinov, 3.Mirzayev, Sh.Samadov, E.Bobomurodov, S.Tursunov, Sh. Shaydullayev, E.Qabulovlar fan doktori, J. Shoymurodov (marhum), X. Toshpo‘latov (marxum), B.Qodirov, A.Isayev (marxum), T.Annayev, J.Mirzayev, J.Tursunov, T.Pardayev. U.Mustafoyev, X.Bekmurodov, A.Tuxtayev, Z.Xoliqov, M.Fayzullayeva, X.Xolmuminov, U.Xudaykulov, R.Norliyev, B.Raximov, F.Yormatov, N. Tursunovlar fan nomzodi, S. Turopovalar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun o‘z dissertatsiyalarini himoya qilgan bo‘lsalar. 2020 yilda N.Ikromov, O.Isayev, O.Xamidovlar dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilishdi. 2021 yil fakultetimizda ilmiy ishlar himoyalar soni samarali tarzda ortdi. Jumladan, X.Xidirov, M.Turapova, D.Yangiboyeva tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ishini himoya qilgan bo‘lsa, T.Pardayev, N.Tursunovlar tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini muvafaqqiyatli himoya qilishdi.
Fakultet talabasi Shodmonova Gulizor Farxod qizi 2020-2021 o‘quv yilida tarix fani bo‘yicha Respublika fan olimpiyadasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
2020-2021 o‘quv yilida Tilovov Mirqosim Amonturdiyevich va Shodmonova Gulizor Farxod qizilar bakalavr ta’lim yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tugalladi.
O‘QUV JARAYONI
Tarix fakultetida bugungi kunda 60220300-Tarix(mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha), 5120300–(mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), 5120400-Arxeologiya ta’lim yo‘nalishilar bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda
70220301-Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha), 70230401- “Arxeologiya”,
70230501-Etnografiya, etnologiya va antropologiya magistratura mutaxassisliklarda kadrlar tayyorlanmoqda.
Fakultetda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida 1303 nafar bakalavr va 125 nafar magistratura talabalari tahsil oladi
Bugun Termiz davlat universiteti hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
BatafsilBugun erta tongdan TerDUning professor-o‘qituvchilari “Sizga ta’zim ustozlar” shiori ostidagi ko'ngilochar tadbirlar bilan kutib olindi
BatafsilMohir oshpazlar tomonidan 6 ta ulkan doshqozonda tayyorlangan mazali osh kampusdagi TTJlarda istiqomat qilayotgan 3 000 nafarga yaqin talabalarimizga tarqatildi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti