KAFEDRA MUDIRI:
Turdiboyev Bozor Xudoyberdiyevich
Kafedra faoliyati haqida ma’lumot: Falsafa kafedrasida 2025-2026 o‘quv yilida 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ulardan 8 nafari ilmiy darajaga ega, kafedraning ilmiy nufuzi 66 %ni tashkil etdi.
Kafedra o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlarini “Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ma’naviy madaniyat yuksalishining xususiyatlari” kompleks mavzusida olib bormoqda.
Kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlar Mustaqil Respublikamizning boy o‘tmish merosini o‘rganishda, mustaqil davlatimizning ilmiy asoslangan ijtimoiy-siyosiy faoliyatini belgilashda, davlatimizning maqsadi, vazifasi, unga erishish yo‘li, vositasi, usuli, davlat qurilishi, fuqarolik jamiyati qonuniyatlari, xalq faoliyatini ro‘yobga chiqarish tizimini tashkil etish, siyosiy va huquqiy madaniyatni shakllantirish, barkamol avlod tarbiyasi haqida ilmiy asoslangan g‘oyalar va tavsiyalar berishga qaratilgan. Bu borada falsafa fanlari doktori, professor Sh.B.Samatov tomonidan yaratilgan qator monografiyalar, xususan: «Milliy madaniyatlar ravnaqining xususiyatlari» (Toshkent: «Fan», 1983), «Ma’naviy madaniyat va onglilik» (Toshkent: «O‘zbekiston», 1985), «Hozirgi sharoitda milliy madaniyatlar ravnaqi» (Toshkent, «O‘zbekiston», 1990) va boshqalar; dotsentlar N.Oripov, N.Berdiyev, A.Raxmonov, U.Mustafayev, B.Turdiboyevlarning ilmiy izlanishlari muhim ahamiyatga egadir.
Bugungi kunda Falsafa kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlardan o‘quv-metodik majmualar, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar va o‘z ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘nlab monografiyalar, shuningdek, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilingan. Bundan tashqari kafedraning bir qancha professor-o‘qituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Kafedra tarixi: Universitetda Falsafa fanini o‘qitish 1954-1955-o‘quv yilida Termiz shahrida o‘qituvchilar instituti tashkil etilgan vaqtdan boshlangan. Falsafa kafedrasi o‘tgan yillar davomida turli nomlar bilan atalgan. U o‘z davrida “Marksizm-leninizm”, “Falsafa va ilmiy kommunizm” nomlari bilan yuritilib, 1969-yilning mart oyidan boshlab «Falsafa» kafedrasi deb ataldi. O‘z faoliyatini besh nafar o‘qituvchi bilan boshlagan kafedra yil sayin kengaydi, olimlar, ilmiy xodimlar soni o‘sdi. Fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Natijada qisqa muddat ichida kafedra a’zolaridan quyidagi o‘qituvchilar nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. Jumladan, Sh.B.Samatov va R.Tursunov (1973), E.H.Bobomurodov va M.Q.Rahmonova (1978), J.Q.Shoymuratov (1980), X.X.Xudoyberdiyev (1981), Y.E.Alimov (1983), N.Berdiyev (1986), J.T.Xolmo‘minov (1988), A.E.Rahmonov (1990), U.Mustafayev, A.Rahmonov (1992), Z.Xoliqov, H.Rasulov (2001) Z.Nurova (2008)lar, O.Muhammadiyeva (2019), S.Turobova (2019), B.Turdiboyev (2021), G.Abdurazoqov (2022), S.Panjiyev (2023), E.Mamatqulov (2025) shu kafedrada ishlash natijasida nomzodlik dissertatsiyalarini, Sh.B.Samatov (1991) va E.H.Bobomurodov (1997)lar esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Xalq ta’limi xodimi X.X.Gizitdinov (marhum), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Xalq ta’limi xodimi T.Q.Jovliyev (marhum), Toshkent agrar universitetida kafedrani boshqargan dots. M.Q.Rahmonova (marhum), TerDU “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi dotsenti J.Q.Shoymurotov (marhum), Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti A.Rahmonov (marhum), “Falsafa” kafedrasining katta o‘qituvchilari T.Xo‘jamurodov va Sh.To‘ranov (marhum), uzoq yillar Toshkent agrar universitetida rektor lavozimida ishlagan biologiya fanlari doktori, professor H.Ch.Bo’riev, Toshkent moliya instituti falsafa kafedrasi mudiri f.f.d., professor N.M.Mamatov, Toshkent yuridik institutida kafedra mudiri, huquqshunoslik fanlari doktori, professor J.T.Xolmo‘minov, Gubkin nomidagi Moskva davlat neft va gaz institutining Toshkent fililali prorektori, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent O.Ch.Jumayev (hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati), TerDU “Manbashunoslik, tarixshunoslik va maxsus tarix fanlari” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor S.N.Tursunov, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining dоtsentlari Yu.Valiqulov va R.Tursunov, Samarqand arxitektura va qurilish institutining dotsenti A.Muhammadiyev, Sherobod pedagogika kolleji direktori, tarix fanlari nomzodi P.Xushvaqtov, TerDU dotsentlari T.Annayev, pedagogika fanlari nomzodi A.Rahmatullayev, “Milliy g‘oya, huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasining professori E.H.Bobomurodov, shu kafedraning dotsentlari X.Xudoyberdiyev, U.Mustafayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir N.So‘fiyev, N.Sultonov, TerDU turli kafedralarida mehnat qilishayotgan Sh.Xudoyberdiyev, M.Ro‘ziyeva, B.Egamberdiyev, Muzrobot tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, mayor N.To‘xtashev, Surxondaryo viloyat DXX boshqarmasi xodimi N.Rahmonova, Qurolli kuchlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan R.Hudoyqulova, Samarqandda pedogoglik faoliyatini davom ettirayotgan D.Hayitova, Sankt-Peterburg shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan N.G.Klimenko va boshqalar shu kafedrada ko‘p yillar davomida ishlashdi, kamol topishdi.
Kafedra 2016–2018-yillar davrida Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarkibida “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” nomi bilan faoliyat olib bordi va 2018-yil sentabr oyidan boshlab “Falsafa” nomi qayta tiklanib, f.f.n. A.Raxmonov kafedra mudiri etib tayinlandi va Tarix fakulteti tarkibida faoliyatini davom ettirmoqda.
Kafedra o‘qituvchilari:
Kafedra o‘qituvchilari:
Samatov Shomat Berdiyevich – f.f.d., professor. Bobomurodov Erkin Xaitovich – f.f.d., professor. Berdiyev Norali XXX - f.f.n., dotsent. Mustafayev Ulash O‘tayevich – f.f.n., dotsent. Raxmonov Abdimalik Ergashevich – f.f.n., katta o’qituvchi. Abdurazoqov Gulmurod Musurmonqulovich – Phd, katta o’qituvchi Shoimov Alisher Rahmatullayevich - o‘qituvchi. Mamatqulov Eldor Safarovich - o‘qituvchi. Rasulov Ortiq Yaqubovich – o‘qituvchi. Jo’rayev Akram Namozovich – o‘qituvchi. Toshqobilov Bobur – o‘qituvchi. |
O'qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
Falsafa.
Dinshunoslik.
Kasb etikasi.
Magistratura
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
Bugungi kunda falsafa kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan fanlardan o‘quv-metodik majmualar, o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar va o‘z ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘nlab monografiyalar, shuningdek, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilingan.
Bundan tashqari kafedraning bir qancha professor-o‘qituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan,
Shoimov Alisher Rahmatullayevich – Yangi O’zbekistondagi siyosiy jarayonlarda yoshlar faolligini oshirish omillari.
Jo’rayev Akram Namozovich – Milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida yoshlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ijtimoiy-falsafiy asoslari.
Bugun Termiz davlat universiteti hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
BatafsilBugun erta tongdan TerDUning professor-o‘qituvchilari “Sizga ta’zim ustozlar” shiori ostidagi ko'ngilochar tadbirlar bilan kutib olindi
BatafsilMohir oshpazlar tomonidan 6 ta ulkan doshqozonda tayyorlangan mazali osh kampusdagi TTJlarda istiqomat qilayotgan 3 000 nafarga yaqin talabalarimizga tarqatildi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti