KAFEDRA MUDIRI :
Shaydullayev Shopo’lat Bozorovich tarix fanlari doktori, professor.
Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi va manbashunosligi kafedrasi mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan kafedra bo‘lib, mamlakatimiz ilmiy tadqiqot va o‘quv muassasalari uchun pedagoglar va ilmiy xodimlar tayyorlab beradi.
1965 yilda Termiz davlat pedagogika instituti qayta tashkil etilishi bilan Umumiy tarix fanlari barcha ijtimoiy fanlar bilan birgalikda bitta kafedra qilib tashkil etilgan. 1975 yil umumiy tarix kafedrasi mustaqil kafedra bo‘lib tashkil topdi va birinchi bo‘lib, 1975-1980 yillarda tarix fanlari nomzodi Ch.Jumayev, 1981-1985, 1992-1997 professor Z.Mirzayev rahbarlik qilgan. Kafedra 1990 yildan O‘zbekiston tarixi kafedrasi sifatida alohida kafedraga aylandi. 1991-2000 – yillar t.f.d. M. Oltinov, 2000-2009 – yillar t.f.d. E.Qobilov, 2009-2013 – yillar t.f.d. Sh.Shaydullayev, 2013-2014 – yillar t.f.n. O‘.Xudoyqulov, 2015 – 2016 – yillar t.f.d. E.Qobilov, 2016 – 2017 – yillar t.f.n. Z.Xoliqovlar rahbarlik qilgan. 2017 – yildan t.f.d. Sh.Shaydullayev rahbarlik qilmoqda.
«O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik» kafedrasi universitet va fakultetda yetakchi ilmiy-pedagogik jamoadir. Hozirgi paytda kafedra professor-o‘qituvchilari universitetning barcha fakultetlarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelishmoqda. Tarix fakultetida «O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik» bo‘yicha ixtisoslashuvchi talabalari uchun 22 ta ixtisos fanlari va maxsus kurslar ishlab chiqilgan. Talabalar uchun 20 dan ortiq darslik, elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratilgan. ma’ruza o‘qish uchun Respublika va xorijning yetakchi mutaxassislari jalb qilinmoqda. Kafedra professor o‘qituvchilari viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, umumiy o‘rta maktab jamoalariga O‘zbekiston tarixi fanidan uslubiy yordam berib kelmoqdalar. Kafedra Respublika va shahrimizda katta ilmiy salohiyatga egadir. Jamoa a’zolari tomonidan O‘zbekiston tarixini tadqiq etish va hozirgi zamon talabiga muvofiq yangicha yoritish borasida ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va olib bormoqdalar. Buning natijasida 20 ga yaqin monografiya, 10 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 12 ta ilmiy to‘plam, 800 dan ortiq ilmiy maqola, 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar.
Kafedra bitiruvchilari orasida Respublika miqyosidagi olimpiadialari g‘oliblari, turli tanlovlar sovrindorlari yetishib chiqqan. Kafedra a’zolari fakultet, universitet, shahar, viloyat hamda Respublika miqyosida jamoat ishlarida faol qatnashmoqdalar.
Kafedra o‘qituvchilari
1. Shaydullayev Shapulat Bozorovich
2. Ikromov Nozim Muzropovich
3. Boqiyev Anvar Ahmedovich
4. Yangiboyeva Dilnoza O‘ktamovna
5. Toshaliyev Qahramon Boboyorovich
6. Abdulloyev Shuhrat Boboismoilovich
7. Isarov Umidulla Isar o‘g‘li
8. Qurbonov Abdusamad Meligaliyevich
9. Qo‘shoqov Safarali Yusupovich
10. Kattayeva Gulmira Choriyevna
11.Xidirov Muhiddin Xursanovich
12. Yo`ldashev Iskandar Baxtiyorovich
13. Irkayev Munavar Alimovich
14. Rasulova Sevara Choriyor qizi
15. Nazarova Dilobar Turdiyevna
15. Shodmonova Gulizor Farxod qizi
16. Shoberdiyev Akbar
17. Murodov Shuxrat
18. Fayziyev Abdusamat Abduxoliq o`gli
19. Jalilov Doston Muhiddin o`g`li
20. Shaymardanov Azamat Zokir o`g`li
Kafedrada o‘qitiladigan yo‘nalishlar:
Bakalavriat:
· 60220301Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
Magistratura
· 70220301O‘zbekiston tarixi
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
· O‘zbekiston davlatchiligi tarixi
· O‘zbekiston tarixi
· Oks sivilizatsiyasi
· O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglik
. O`rta Osiyo memorchiligi tarixi
. O`rta osiyoda pul munosabatlari tarixi
. Yer suv munosabatlari tarixi
. O`zbekistonning eng yangi tarixi
. O`zbekistonda madaniyat va san`at tarixi
Magistratura
· O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari
· O‘zbekistonda savdo munosabatlari va tadbirkorlik tarixi
· O‘zbekiston tarixining nazariy masalalari
· O‘zbekiston millatlararo munosabatlar va tolerantlik
· Tarixiy toponomika
· O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi va davlatchiligining dolzarb muamolari
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar
Kafedra a’zolari «O‘zbekiston hududida ilk davlatchilikning paydo bo‘lishi masalalari», “Oks sivilizatsiyasi”, “Avesto va moddiy madaniyat” "Termiziy allomalarning ilmiy merosi" kabi mavzular ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Tadqiqot natijalari OTMning mahalliy, mintaqaviy, Respublika hamda xorijiy ilmiy markazlari to‘plamlarida, jurnallarida nashr qilingan. Har bir professor-o‘qituvchi ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishmoqda. Kafedra a’zolari tomonidan so‘nggi 5 yillikda 10 ga yaqin monografiya, 10 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 12 ta ilmiy to‘plam, 800 dan ortiq ilmiy maqola, 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etildi. Ilmiy tadqiqot natijalari o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini tayyorlashda, shuningdek, fanlar bo‘yicha o‘quv majmualari mazmunini boyitishda qo‘llanilib kelinmoqda.
Shuningdek, kafedrada chet el oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan faol ilmiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Jumladan. Chexiyaning Karlova universiteti, Yaponiyaning Rissho universiteti, Fransiyaning arxeologik tadqiqotlar institutlari bilan ilmiy sohada hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Mazkur hamkorlik bo‘yicha, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida viloyatimizdagi ko‘plab tarixiy obektlarida arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Termiz davlat universiteti hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
BatafsilBugun erta tongdan TerDUning professor-o‘qituvchilari “Sizga ta’zim ustozlar” shiori ostidagi ko'ngilochar tadbirlar bilan kutib olindi
BatafsilMohir oshpazlar tomonidan 6 ta ulkan doshqozonda tayyorlangan mazali osh kampusdagi TTJlarda istiqomat qilayotgan 3 000 nafarga yaqin talabalarimizga tarqatildi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti