KAFEDRA MUDIRI :
Toshaliyev Qahramon Boboyorovich
Kafedra faoliyati haqida ma’lumot: Arxeologiya kafedrasida 2023-2024 o‘quv yilida 9 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ulardan 3 nafari tarix fanlari nomzodi dotsent, 2 nafari falsafa doktori (PhD), 1nafari tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent qolganlari esa katta o‘qituvchi va assistentlardan iborat bo‘lib kafedraning ilmiy nufuzi 75%ni tashkil etadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun o‘quv rejalari asosida ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari olib borilmoqdi. Shuningdek, kafedra a’zolari ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalar hamda ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bilan faol shug‘ullanishadi. kafedra huzurida talabalar bilan arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilib, amaliyot darslari bevosita Labaratoriyalarda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklar tayyorlanmoqda hamda Professor-o‘qituvchilar muntazam ravishda respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etib kelmoqda. Bu borada tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Q.Toshaliyev tomonidan yaratilgan qator maqolalar, xususan: “The Kulal Tepa Archaelogical Project:Preliminaru report for the first season of archaeological Survey, autumn 2023(Southerm Uzbekistan) , Maqola Studia Hercynia jurnalida chop etilgan.
Kafedra faoliyati universitet rektori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va talabalar bilimini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Kafedra tarixi : Arxeologiya kafedrasi Termiz davlat universiteti tarkibida 2023-2024 o‘quv yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatimizda arxeologiya fanini rivojlantirish, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar tarixini ilmiy asosda o‘rganish, hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida faoliyat boshlagan.
Kafedra ilk tashkil etilgan davrda 9 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritgan. Dastlab kafedra faoliyati ko‘proq qadimgi shaharlar, yodgorliklar va tarixiy obidalarni ilmiy tadqiq qilish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Mana shu qisqa davr davomida kafedrada mashhur olimlar Annayev To‘xtash Jurayevich, Xoliqov Zokir Eshboltayevichlar ilmiy faoliyat olib borib, ko‘plab fundamental tadqiqotlar yaratdilar. Ularning ilmiy merosi bugungi kunda ham arxeologiya fanining rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda kafedra zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlar asosida faoliyat yuritib, arxeologiya, tarixshunoslik, muzeyshunoslik, restavratsiya va saqlash ishlari yo‘nalishida ilmiy izlanishlarni davom ettirmoqda. Kafedra tarkibida hozirgi kunda 10 nafar professor-o‘qituvchi, shuningdek, yosh tadqiqotchilar va doktorantlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedra nafaqat ta’lim jarayonida, balki xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy ekspeditsiyalar, loyihalar hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra o‘qituvchilari:
Annayev Tuxtash Jurayevich – t.f.n., dotsent.
Telefon:+998 94 201 98 78
Xoliqov Zokir Eshboltayevich - t.f.n., dotsent.
Telefon:+998 93 635 06 64
Toshaliyev Qahramon Boboyorovich-t.f.f.d (PhD)
Telefon: +998 99 710 30 41
Abduqayumov Asror Rayimovich– t.f.n., dotsent.
Telefon: +998 99 875 01 98
Shaydullayev Alisher Shapulatovich--t.f.f.d (PhD)
Telefon: +998 95 884 80 90
Xamidov Odiljon Abduvoxidovich- (PhD) ., dotsent.
Telefon: +998 99 671 10 28
Shapulatov Ulug‘bek Xoltojiyevich – O‘qituvchi
Telefon: +998 93 345 55 23
Normo‘minov Mansurbek Baxtiyor o‘g‘li – O‘qituvchi
Telefon: +998 99 947 58 75
Turdiyev Jasur Kaxramonovich- O‘qituvchi
Telefon: +998 97 841 65 25
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
Geoarxeologiya
Arxeologiyaga kirish
Inson evolyutsiyasi va old tarix
O‘rta Osiyoning ornamenti va tasviriy san’ati
Landshaft arxeologiyasi
Arxeologiyada geografik axborot tizimlari
Arxeologik dala tadqiqot usullari va topilmalarga ishlov berish
Magistratura:
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi
Tarixiy rekonstruksiya masalalari
Paleoekologiya va sivilizatsiya dinamikasi
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari
Oʻrta Osiyo shaharlar tarixiy topografiyasi
Arxeologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika va xalqaro ilmiy dasturlar doirasida qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy izlanishlar asosan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Surxon vohasi va O‘zbekistonning boshqa hududlarida joylashgan arxeologik yodgorliklarda qazishmalar olib borilmoqda. Termiz, Kampirtepa, Dalvarzintepa kabi qadimiy markazlarda ilmiy izlanishlar davom etmoqda.
Topilgan moddiy madaniyat namunalari ilmiy jihatdan tahlil qilinib, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Muzey fondlarini boyitishga qaratilgan ilmiy izlanishlar tashkil etilmoqda.
Kafedra olimlari muntazam ravishda arxeologik ekspeditsiyalarda ishtirok etib, yangi ilmiy materiallar to‘plamoqda.
Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy ilmiy markazlar bilan qo‘shma tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa ilmiy fondlar tomonidan e’lon qilingan grantlarda qatnashib, amaliy va fundamental loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Professor-o‘qituvchilar muntazam ravishda respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etib kelmoqda. Kafedra tashabbusi bilan ilmiy-amaliy konferensiyalar va davra suhbatlari tashkil etiladi.
Kafedra qoshida ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritib, iqtidorli talabalar arxeologik ekspeditsiyalarda amaliyot o‘tamoqda. Talabalar ilmiy maqolalar yozib, turli konferensiya va tanlovlarda qatnashmoqda.
Bundan tashqari kafedraning bir qancha professor-o‘qituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Bugun Termiz davlat universiteti hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
BatafsilBugun erta tongdan TerDUning professor-o‘qituvchilari “Sizga ta’zim ustozlar” shiori ostidagi ko'ngilochar tadbirlar bilan kutib olindi
BatafsilMohir oshpazlar tomonidan 6 ta ulkan doshqozonda tayyorlangan mazali osh kampusdagi TTJlarda istiqomat qilayotgan 3 000 nafarga yaqin talabalarimizga tarqatildi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti