Kimyo fakulteti

75

Kimyo fakulteti dekani

Texnika fanlari doktori, professor

Xolnazarov Baxodir Azamovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9:00 12:00
Telefon: +998 97 244-16-00
Telegram: +998 97 244-16-00
75

Registrator ofis menenjeri

Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Geldiyev Yusuf Allayarovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 09:30 - 17:30
Telefon: +998937939308
Telegram: +998937939308
75

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Sodiqov Sardorbek Husanovich

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Shanba: 14: 00 – 16: 00
Telefon: +998 91 580 90 35
Telegram: +998 99 586 70 08

Kimyo fakultetida hozirda jami 6 ta ta’lim yo‘nalish, 3 ta magistratura mutaxassisligi, 2 ta doktorantura va 4 ta tayanch doktorantura mavjud bo‘lib, ular:

Bakalavriat

  1. 60530100-Kimyo  ta’lim yo‘nalishi
  2. 60530100-Kimyo (oziq-ovqat mahsulotlari kimyosi)
  3. 60530200- Neft va gaz kimyosi
  4. 60530300- Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi
  5. 60720600- Materiashunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)
  6. 60710100- Kimyo muhandisligi

Magistratura

  1. 70530101- Kimyo
  2. 70710101-Kimyoviy texnologiya ( ishlab chiqarish turlari bo‘yicha )
  3. 70530103 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

Tayanch doktorantura

02.00.01.– Noorganik kimyo

02.00.02. – Analitik kimyo

02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

Doktorantura

02.00.01.- Noorganik kimyo

02.00.02.- Analitik kimyo

Ayni paytda, fakultetda: 4 ta kafedra, 781 nafar bakalavrlar, 36 nafar magistrantlar va 3 nafar doktorant, 26 nafar tayanch doktorant va 2 nafar stajyor -tadqiqotchilar tahsil olmoqdalar. Jami talabaning 760 nafari o‘zbek millatiga,
15 nafari tojik va 6 nafari turkman millatiga mansub. 817 nafar talabaning 724 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan, 93 nafari boshqa viloyatlardan kelib tahsil olmoqda. Jami talabalardan 3 nafari nogiron, 4 nafar chin yetim, 29 nafari yetim talabalar hisoblanadi

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud ular:

Noorganik kimyo

Analitik kimyo

Organik kimyo

Fizikaviy kimyo

Kimyo fakulteti

Termiz davlat universitetining yangi tuzilmasiga asosan 2021 yilning
26 avgustida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetda 48 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan:7 nafari kimyo va texnika fanlari doktorlari, professorlar, 5 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 18 nafari esa kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlari, 4 nafari katta o‘qituvchilar va 14 nafari o‘qituvchilardir.

So‘nggi ikki yilda fakultetda 3 ta doktorlik dissertatsiyasi va 7 ta kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Shuningdek, fakultetda bajarilishi 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan FL-7923051854-sonli “Tabiiy xomashyolar asosidagi yangi ultra- va nanofiltratsion membranalar” mavzusidagi O‘zbekiston-Belorus xalqaro loyiha, 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi avlod yarimo‘tkazgichli tandem quyosh elementlari va ularni samaradorligini cheklovchi elektron-kovak tashish jarayonlari” mavzusidagi FL-8323102103-sonli fundamental davlat granti, 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan AL-9224104486-sonli “Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar olish va ularni sanoat chiqindi suvlarini metall ionlaridan tozalashda qo‘llash” mavzusidagi amaliy loyiha, 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan IL-8624042753-sonli “Yog‘och materiallarning xossalarni yaxshilash uchun oligomer antipiren-antiseptiklar olish va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyiha va Termiz davlat universiteti bilan “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi o‘rtasida 24/6-sonli “Qamish qirindili plitalar uchun sifatli yelim tarkiblarini ishlab chiqish” mavzusidagi xo‘jalik shartnoma bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Termiz davlat universiteti huzuridagi kimyo va texnika fanlari bo‘yicha doktorlik (DSc) ilmiy darajasini beruvchi DSc. 03/31.01.2023.K/Т.78.01 raqamli ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda.

Kimyo fakultetiga 2025 yilning 30 yanvaridan texnika fanlari doktori, professor B.A.Xolnazarov rahbarlik qilib kelmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU talabalari Ayritom EIZda amaliy mashg‘ulotlarda

  • 2026-02-09
  • 19

Ayritom Erkin Iqtisodiy Zonasida TerDU talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida

Batafsil

ALISHER NAVOIY — MA’NAVIYATIMIZNING MANGU TIMSOLI 

  • 2026-02-09
  • 30

Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Batafsil

Termiz shahrida saylgoh ko‘chasi, Termiz tumanida oromgoh tashkil etish loyihalari bilan tanishildi

  • 2026-02-09
  • 19

Xabar berilganidek, Termiz shahri Jo‘yjangal mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalni rekonstruksiya qilish asosida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan zamonaviy saylgoh tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Batafsil