Absamatov Anvar Ergashevich
GADOYEV SO’XROBJON JUMAQULOVICH
PARDAEV LOCHINBEK FARHOD O’G’LI
YARMATOV SHAROFIDDIN CHORIYEVICH
ISMATOV SHAROFIDDIN ASADULLAYEVICH
ALIYAROV OLIM ABDUG’APAROVICH
PO’LATOVA SURAYYO YULDASHEVNA
Iqtisodiyot va turizm fakultetida hozirda jami 6 ta ta’lim yo’nalish mavjud bo’lib, ular:
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi;
5230600-Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi;
5231700-Kadrlar menejmenti/ Inson resurslarini boshqarish ta’lim yo’nalishi;
5610300-Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi;
5610200-Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo’nalishi;
5230900-Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishi.
Mazkur ta’lim yo’nalishla r(bakalavr, magistr - kunduzgi, kechgi va sirtqi ta’lim shakllari)da jami 3833 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 224 nafari davlat granti asosida, 3609 nafari kontrakt asosida tahsil oladi.
Jami talabaning 80% o’zbek millatiga, 14% tojik, 3% nafari Turkman, 3% qolgan millatlarga mansub. Fakultet asosiy kontingenti Surxondaryo viloyatining turli tuman va shaharlaridan kelgan talabalar tashkil etadi. Respublikamizning boshqa viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talabalar bilan bir qatorda qo’shni respublikalardan, jumladan Avfg’oniston, Tojikiston respublikalaridan kelgan talabalar ham mavjud. Jami talabalardan 20 nafari nogironligi bor fuqarolar, 13 nafari chin yetim talabalar hisoblanadi.
Fakultetda 3 ta kafedra mavjud ular:
Iqtisodiyot va menejment;
Moliya;
Turizm va mehmonxona xo’jaligi.
Fakultet professor-o’qituvchilarining jami soni 98 nafar bo’lib, shundan 8 nafari fan doktori, DSc, 26 nafari fan nomzodlari, PhD hisoblanadi.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
1992-yil O’zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan Respublikamizdagi barcha Pedagogika institutlari universitetga aylanishi munosabati bilan Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi ochildi. 1992-yil Iqtisodiyot mutaxassisligi geografiya mutaxassisligi bilan birlashtirilib, Iqtisodiyot-geografiya fakulteti tashkil etildi.
1993-1994 o’quv yilida Moliya - kredit mutaxassisligi ochilib, mazkur fakul’tet talabalar soni ko’paydi. 1995-yil Iqtisodiyot-geografiya fakultetidan Moliya-menejment fakulteti ajralib chiqdi. Shu yildan Iqtisodiyot fakulteti ham alohida fakul’tet sifatida faoliyat yurita boshladi. 2004 yil 8 iyuldagi Termiz davlat universitetining Ilmiy Kengash qarori hamda universitet rektori buyrug’i bilan ikkita fakultet birlashtirilib, Iqtisodiyot-moliya fakulteti tashkil etildi. 2007 yil 5 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri birinchi o’rinbosari A.Parpievning ko’rsatmasi va 2007 yil 30 noyabrdagi Universitet Ilmiy Kengash qarori hamda 2007 yil 28 dekabrdagi universitet rektor buyrug’iga muvofiq Iqtisodiyot-moliya fakul’tetining nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga o’zgartirildi. 2010 yil avgust oyidagi universitet Ilmiy Kengash qaroriga asosan Iqtisodiyot fakulteti deb nomlandi. 2015 yil sentabr oyidan boshlab, fakultetning nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet bo’lib o’zgargan. 2018 yil sentyabr oyidan boshlab fakultetning nomi Iqtisodiyot va turizm fakulteti deb atala boshlandi.
Ushbu davrlarda fakultetga: professor U.U.Umarov, professor A.A.Ro’ziev, dotsent E.X.Avazov, dotsent B.J.Jo’raev, dotsent A.M.Qoraxonov, dotsent A.S.Oltiev, dotsent O.X.Xatamov, dotsent A.O.Ro’ziev, dotsent M.A.Gadayshoev, dotsent F.X.Baxromov, i.f.n A.A.Avliyaqulov, dotsent E.X.Avazov, dotsent B.B.Imanov, i.f.n. A.E.Absamatov, dotsent M.A.Gadayshayev, Z.O.Samatov, i.f.n. A.E.Absamatovlar rahbarlik qildi.
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilayotgan QVZ universitet ligasi 3-bosqich o’yinlari bo’lib o’tdi.
BatafsilOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘FA, O‘zPFL, Coca-Cola bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol
BatafsilOliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostidagi esselar tanlovining hududiy bosqichi Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.
Batafsil© Termiz Davlat Universiteti