Bugun Termiz davlat universitetining barcha talabalar turar joylarida chinakam bayramona kayfiyat hukm surdi

Mohir oshpazlar tomonidan 6 ta ulkan doshqozonda tayyorlangan mazali osh kampusdagi TTJlarda istiqomat qilayotgan 3 000 nafarga yaqin talabalarimizga tarqatildi.

Bu kabi ezgu tashabbuslar TerDUda an’anaviy tus olgani quvonarlidir. Zero, bunday tadbirlar jamoada birdamlikni mustahkamlaydi, universitetni barcha bir oiladek jips yashaydigan maskan sifatida namoyon etadi.

Universitet rektori prorektorlar hamda  fakultet dekanlari iqtidorli talabalar bir dasturxon atrofida osh yeyishgandan so‘ng, TTJlardagi talabalar bilan muloqotga kirishishdi. A.Toshqulov talaba-qizlarning sharoitlari bilan tanishish asnosida ularning takliflariga quloq tutdi. 

Tarbiyachi va navbatchi tyutorlar bilan bo‘lgan muloqotlarda qizlarimizni oilaga tayyorlash, qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhini singdirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Havaskor talabalar tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi, badiiy chiqishlar, o‘yin kulgilarga ulanib ketdi. Talabalik daftariga yana bir  oltin davrining bitiklari yozildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 51

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil