Gadoyev So‘xrobjon Jumaqulovich
Faoliyati haqida ma’lumot:
Moliya kafedrasining maqsadi: Moliya kafedrasi Termiz davlat universiteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, kafedra yuklamasidagi barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Moliya, iqtisodiyot, turizm, mehmonxona xo‘jaligida tahsil olayotgan bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga yangi innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda ilg’or o‘qitish metodlaridan samarali foydalanib, ularni jahondagi global muammolarni yechishga hamda raqobatbardosh, sifatli kadrlar tayyorlashdan iborat.
Moliya kafedrasi vazifalari:
- dunyoqarashi bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘ladigan, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini biladigan, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila oladigan;
- axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallay oladigan, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila oladigan;
- 5230600-Moliya, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘ladigan, yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila oladigan, sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘ladigan, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lib o‘z lavozimlarida mustaqil ishlaydigan raqobatbardosh, sifatli kadrlar yetishtirishdan iboratdir.
Moliya kafedrasi: 5230600-Moliya, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchisini chiqaruvchi kafedrasi hisoblanadi.
Yo‘nalishi:5230600- Moliya.
O‘quv muddati:4 yil (kunduzgi), 4 yil (sirtqi)
Yo‘nalishi:5230900-Buxgalteriya hisobi va audit
O‘quv muddati:4 yil (kunduzgi).
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:“Aholi turmush farovonligini oshirishda, moliya- soliq, bank tizimini takomillashtirishning konseptual masalalari”
Kafedra a’zolari ichki va tashqi grantlarda ishtirok etmoqda. Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedrada hozirgi kunning eng dolzarb moliyaviy muammolari yuzasidan ilmiy seminar tashkil etgan. 2019 yil davomida kafedra a’zolari 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta ilmiy risola, 3 ta xalqaro jurnallarda, 4 ta (OAK) e’tirof etgan jurnallarga, 15 ta Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop ettirishgan. Kafedra yuklamasidagi 26 fandan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi 107-buyrug‘i asosida yangi o‘quv-uslubiy majmualarni to‘liq tayyorlangan.
Kafedra tarixi:
Moliya kafedrasi
Termiz davlat universiteti 1992-yil birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari va farmonlari bilan viloyatlarda Pedagogik institutlar universitetlarga aylantirilishi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti ham Termiz davlat universitetiga aylantirildi. 1992-1993 o‘quv yili qabulida “Tabiat-geografiya” fakulteti bazasida iqtisodiyot yo‘nalishi ochilib, unga ilk talabalar qabul qilindi. Ushbu o‘quv yilida «Iqtisodiyot» va «Geografiya» bo‘limlari birlashtirilib “Iqtisodiyot-geografiya” fakulteti tashkil etildi.
Fakultetga 1993-1994 o‘quv yilida Respublika oliy o‘quv yurtlari ichida birinchilar qatorida moliya-kredit mutaxasisligiga talabalar qabul qilindi. Shu bois Iqtisodiy nazariya kafedrasi bazasida 1993 yilning sentyabr oyidan moliya-kredit mutaxassisligini chiqaruvchi “Moliya iqtisod” kafedrasiga aylantirildi. Kafedraga i.f.n. dots E.X.Avazov rahbarlik qilib, unda katta tajribaga ega bo‘lgan prof. U. Umarov, dots. A. Xodimetov, dots. R. Tursunov, dots. A.Qoraxonov, katta o‘qituvchilar O. Choriyev, Y. Po‘latov, B. Kozimov, T. Matveevichvalar faoliyat olib bordilar. O‘sha davrda kafedra ilmiy salohiyati 55 % ni tashkil qilar edi. Kafedraning tarixiy ekskursidan kelib chiqib, uning ilk faoliyat yuritishi 1993 yilning sentyabr oyidan boshlandi.
1995 yil «Iqtisodiyot-geografiya» fakultetidan «Moliya» bo‘limi ajralib, universitet tarixida yangi “Moliya-menejment” fakulteti tashkil topib, unga yosh, iqtidorli va tadbirkor “Moliya –iqtisod ” kafedrasi mudiri i.f.n. dots E.X.Avazov dekan lavozimiga tayinlandi.
Shu yilning o‘zida “Moliya –iqtisod ” kafedrasi “Moliya ” kafedrasi deb nomlanib, uni 1995-2001 yillar mobaynida prof. U.U.Umarov, 2001-2003 yillarda dots. A.S.Altiyev, 2003-2006 yillarda dots. I.T.Isanqulov, 2006-2009 yillarda dots. A.X.Toshqulov, 2009-2011 yillarda dots. I.T.Isanqulov, 2011-2012 yillarda A.E.Absamatov, 2012-2013 yillarda O.Q.Xatamov, 2013-16 yillarda i.f.n., dots. M.A.Gadayshayevlar mudirlik qildilar. Ammo 2015-16 o‘quv yilida “Moliya” kafedrasi “Iqtisodiyot ” kafedrasiga qo‘shilib, u tugatildi. Birlashgan “Iqtisodiyot” kaferasini i.f.n. dots E.X.Avazov boshqardi.
Universitetning yangi rahabariyati tashabbusi bilan 2018 yilning avgust oyida fundamental tarixga ega bo‘lgan, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohasiga yetuk malakali kadrlarni yetishtirib bergan “Moliya” kafedrasi yangidan tashkil etildi. “Moliya” kafedrasiga tajribali iqtisodchi – buxgalter, talabchan rahbar, mehribon ustoz, dotsent E.X.Avazov 2018 yil avgustdagi universitet Kengashida “Moliya” kafedrasi mudirlik lavozimiga saylandi.
Hozirga kunda kafedrada i.f.n.dots E.X.Avazov, i.f.n.dots A.H.Toshqulovlar, katta o‘qituvchilar, O.T. Mahmudov, M.Sh.Turanov, U.T.Tulakov, A.A. Shodiyev, Sh.S.Ismoilov, S.K. Xudoyberganova, R.X. Do‘sanovlar, o‘qituvchilar A.M. Hudoyqulov, O.M. Pirimqulov, G.M. Rahimova .Sh. M. Abdulhayeva, F. M. Ollokulovalar faoliyat ko‘rsatayapti. Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarga sifatli dars berish bilan birga, ularning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib yetishishiga alohida e’tibor berishadi.
Hozirgi kunda kafedra Respublikamizdagi moliya-iqtisod sohasida mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi Toshkent filiali, Rossiya Federatsiyasining Sochi davlat universiteti bilan keng aloqa o‘rnatgan.
“Moliya” kafedrada yetishtirilayotgan kadrlarga bo‘lgan talab bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning hududiy Boshqarma va bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmasi va tijorat banklari, Viloyat davlat soliq boshqarmasi, tumanlardagi davlat soliq inspektsiyalari va Viloyat G‘aznachilik boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘limlari bilan mustahkam aloqa bog‘lagan.
Kafedraning asosiy maqsadi bo‘lib, Moliya sohasiga zamon talabiga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk iqtisodchi-mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Termiz davlat universiteti «Moliya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot faoliyat doirasida xalqaro, Respublika, viloyat va universitet miqyosidagi konferensiyalarda va OAK ilmiy jurnallarida, boshqa axborot vositalarida o‘z ilmiy maqolalari va chiqishlari bilan ishtirok etib kelishmoqda. “Moliya” kafedrasi tomonidan 2018/2019 o‘quv yillarida jami 25 ta fandan O‘UMlar tayyorlanib, hozirgi zamon talablariga mos ravishda yangi axborot va pedagogik texnologiyalar asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida darslar o‘tilmoqda.
2018 yilda “Moliya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta ilmiy risola 4 ta xalqaro maqola, 20 tadan oshiq Respublika konferensiyalarida ilmiy maqolalar tezislari bilan ishtirok etishdi.
“Moliya” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan R.H.Bozorov Bank-moliya akademiyasi tayanch doktoranturasida (professor Bekmurodov rahbarligida kunduzgi bo‘limda) ilmiy tadqiqot olib bormoqda. A.M. Hudoyqulov (i.f.d. professor Z.T. Mamatov ilmiy rahbarligida), F. M. Ollokulovalar (i.f.d. professor .T.S. Malikov ilmiy rahbarligida), (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Hozirgi kunda kafedra tomonidan tayyorlanadigan «Moliya» bakalavriyat ta’lim yo‘nalishida 130 dan ortiq talabalar ta’lim olmoqda Ular ichida nomdor stipendiantlar va olimpiada sovrindorlari bor.“Moliya” kafedrasining bosh ilmiy ilmiy mavzusi “Aholi turmush farovonligini oshirishning kontseptual masalalari” (Konseptualniye voprosi povisheniye blogosostoyaniye naseleniye):
Islohotlarning hozirgi bosqichida aholi turmush farovonligini oshirish omillari;
Aholi turmush sifatini yaxshilashda moliya-soliq tizimini takomillashtirish;
Tijorat banklarining innovatsion salohiyatini takomillashtirish;
Pensiya tizimini takomillashtirish orqali aholi turmush farovonligini oshirish.
Moliya kafedrasi professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot
Ma’lumoti: Toshkent Xalq Xo‘jaligi Instituti, Buxgalteriya hisobi.Mutaxassisligi–“Buxgalter-iqtisodchi”;Ilmiy unvoni- Iqtisod fanlar nomzodi;Ilmiy darajasi-dotsent;1987 yil 23 sentyabr’da. Toshkent davlat universiteti “Qiymat qonuni va undan kolxoz ishlab chiqarishda foydalanish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya (08.00.01-Iqtisodiy nazariya) qilgan. Malaka oshirishi- 1982 yil 1 sentyabrdan 1983 yil 31 yanvargacha Toshkent davlat universiteti qoshidagi Ijtimoiy fanlar malaka oshirish instituti (5 oy, 736 soat, № 3495). 1989 yil 1 sentyabrdan 1990 yil 31 yanvargacha Toshkent davlat universiteti qoshidagi Ijtimoiy fanlar malaka oshirish instituti (5 oy,736 soat, № 4037).1994-1995 yillarda Jahon Banki Iqtisodiyotni rivojlantirish Instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Qozog‘iston davlat boshqaruv akademiyasi hamkorligidagi xalqaro grant “Bank va moliyaviy menedjment” dasturi ishtirokchisi sifatida Toshket-Olmaota-Vashington shaharlarida o‘qib, uning sertifikatiga hamda “Bank boshqaruvi ” o‘yinida ishtirok etib, 3-o‘rinni egallagani uchun uning sertifikati bilan taqdirlangan.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi “Iqtisodiyot, biznes, mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash” institutida ikki marotaba malaka oshirib (1995-yil 5-yanvardan 1995-yil 10-yanvargacha, № 60), (1996-yil 29-yanvardan 1996-yil 10-fevralgacha, № 05) sertifikatlariga sazovor bo‘lgan.2003-yil 21-apreldan 2003-yil 3-maygacha O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida 80 soatlik “Evakuatsiya komissiyasi raislari” dasturini tugatib guvohnomasini olgan. (№000687) 2006-yil 4-dekabrdan 2006-yil 23-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi masofali o‘qitish markazida 120 soatlik kursini tugatib uning sertifikatiga ega bo‘lgan( № 0588).2007 yil 22-yanvardan 2007 yil 4-fevralgacha M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida 72 soatlik “Innavatsion menedjment” dasturi bo‘yicha o‘qib uning guvohnomasini qo‘lga kiritgan (ro‘yxat № 54207a9013). Mazkur dastur bo‘yicha M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti ilmiy parki tomonidan o‘tkazilgan “Innavatsion menedjment” seminar va treninggida a’lo natijalari va faol ishtiroki uchun maxsus diplom bilan taqdirlangan.2012 yil 2 apreldan 2012 yil 28 aprelgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi IBMMO va QTIda Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha 144 soatli malaka oshirish kursini tamomlab, uning sertifikatiga ega(MO № 102199).2014 yil 1 dekabrdan 2014 yil 29 dekabrgacha Bosh ilmiy-metodik markazda “Ta’lim tizimi menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha 144 soatli malaka oshirish kursini tamomlab uning sertifikatiga sazovor bo‘lgan (MO № 215666) .2015 yil 16-21 fevral kunlari TEMPUS, Sustainable Agrarian Management Studies for Uzbekistan, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti bilan hamkorlikda “Fundamentals Of Biosystems Engineering And Food Market Analysis” xalqaro grati sovrindori sifatida ishtirok etib uning sertifikati sovrindori. 2016 yil 1 martdan 2016 yil 29 aprelgacha Bosh ilmiy-metodik markazda “Ta’lim tizimi menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kursida malaka oshirib, uning sertifikatiga ega(MA№ 004151).Surxondaryo viloyati hokimining“Viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi alohida xizmatlari va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun” Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.(№ 305, 1998 yil 1 dekabr’)1998 yil “Ustoz” Respublika jamg‘armasi boshqaruvi raisi akademik S.S.G‘ulomov tomonidan “Yoshlarni tarbiyalashdagi yuksak xizmatlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq qilishda qo‘shayotgan salmoqli hissalari uchun” faxriy yorliq bilan taqdirlangan.2007 yil 29 sentabrda Surxondaryo viloyati hokimining “O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi hamda yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi samarali xizmatlari uchun” Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.(№ 147)Surxondaryo viloyati hokimining “Viloyatdagi ta’lim sohasini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali mehnatlari va yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun hamda 1-oktyab’ “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan” 2009 yil 30 sentabrdagi 200 – sonli qaroriga ko‘ra Faxriy yorliq bilan taqdirlangan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.Erishgan xizmatlar darajasi(kar’yera):1979-1979 yy.-Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi katta iqtisodchisi 1979-1983 yy.-Termiz davlat pedagogika instituti siyosiy iqtisod kafedrasi o‘qituvchisi. 1983-1987 yy.-O‘zbekiston fanlar akademiyasi Iqtisodiyot ilmiy tekshirish instituti aspirant (kunduzgi)1987-1989 yy.-Termiz davlat pedagogika instituti siyosiy iqtisod kafedrasi katta o‘qituvchisi.1989-1992 yy.-Termiz davlat pedagogiqa instituti siyosiy iqtisod kafedrasi dotsenti.1992-1993 yy.-Termiz davlat universiteti Iqtisodiy nazariya kafedrasi mudiri, dotsenti.1993-1995 yy.-Termiz davlat universiteti Iqtisod-Moliya kafedrasi mudiri, dotsenti.1995-1999 yy.-Termiz davlat universiteti Moliya-Menejment fakulteti dekani, dotsenti.1999-2004 yy.-Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha prorektori.2004-2010 yy.-Termiz davlat universiteti menejment kafedrasi mudiri, dotsenti2010-2012 yy.-Termiz davlat universiteti iqtisodiyot nazariyasi va boshqaruv kafedrasi dotsenti .2012-2014 yy.-Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi mudiri, dotsent.2014-2015 yy.-Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi, dotsenti.2015-2016 yy.-Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi, dotsenti.2016-2018 yy-Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti.2018-yil x.v.-Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, dotsenti. Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari: 1ta monografiya, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ishlanmalar, 30 ta (OAK) e’tirof etgan jurnallarda maqola. Ilmiy-ijodiy qiziqishlari: Pul va banklar, Bank ishi, Moliya.
Dars beradigan fanlari: Pul va banklar, Bank ishi, Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va strategiyasi, t.f.Mutaxassislikka kirish.
Xudaykulov Amir Melikulovich
Moliya kafedrasi o‘qituvchisi
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi 43-uy, 220-xona
e-mail:amir7x@mail.ru
t.me: +998907461277tel: +998907461277
Ma’lumoti: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
Mutaxassisligi– “Audit”;
Ilmiy unvoni- Yo‘q;
Ilmiy darajasi- Yo‘q;
2004 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbekiston Respublikasida auditni rejalashtirish va uni takomillashtirish yo‘llari” mavzusida magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bugungi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasining mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy rahbari SH.I. Ilhomov bilan birgalikda “Nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish” mavzusida iqtisod fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa fanlari doktori ilmiy unvonini olish uchun ilmiy ishlarini muvaffaqqiyatli olib bormoqda.
Malaka oshirishi- 2015 yilning 1 noyabrdan 27 dekabrigacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi” da malaka oshirish kursida muvoffaqqiyatli o‘tgan (2 oy, 288 soat,
MA №002397).
Erishgan xizmatlar darajasi (kar’yera):
2004-2004 yillar “Surxondaryo Konsauditinform” YOAJ da auditor; 2004-2005 yy. Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi “Uy—joy kommunal xo‘jaligi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi; 2005-2006 yy. Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi “Viloyatni kompleks rivojlantirish prognozlari va monitoringini yig‘ma” bo‘limi bosh mutaxassisi; 2006-2006 yy. Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi “Sanoat, kommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘ining muovini; 2006-2007 yy. Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi “Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish prognozlari va monitoringi” bo‘limi boshlig‘i; 2007-2007 yy. “O‘z qishloq xo‘jalik mashlizing” ALK Surxondaryo viloyati filialining “Qishloq xo‘jaligi texnikasini lizingga berish va monitoring” bo‘limida bosh mutaxassis; 2007-2008 yy. “O‘z qishloq xo‘jalikmashlizing” ALK Surxondaryo viloyati filiali “Hisobot” bo‘limida yetakchi mutaxassis; 2008-2009 yy. “O‘z qishloq xo‘jalikmashlizing” ALK Surxondaryo viloyati filialida “Tumanlar bo‘yicha III toifali mutaxassis-marketolog”; 2009-2010 yy. Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Zamin Loyihaqurilish” MCHJ da hisobchi; 2010-2011 yy. “O‘z qishloq xo‘jalik mashlizing” ALK Surxondaryo viloyati filiali “Hisobot” bo‘limida bosh mutaxassis; 2012-2013 yy. “O‘zbekiston Pochtasi” OAJ Surxondaryo filiali Pochta almashuv va tarqatish uchastkasida davriy nashrlar sotuvini amalga oshirish bo‘yicha muxandis; 2013-2013 yy. “O‘zbekiston Pochtasi” OAJ Surxondaryo filiali
Termiz shahar Pochta aloqa tarmog‘ida bosh hisobchi o‘rinbosari; 2013-2015 yy Termiz davlat universiteti “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi; 2015-2018 yy. Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi; 2018 yildan hozirgi vaqtgacha Termiz davlat universiteti “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi.
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari: 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta risola, 1 ta o‘quv-uslubiy ko‘rsatma va ishlanmalar, 20 dan ortiq (OAK) e’tirof etgan jurnallarda, xalqaro hamda Respublika ilmiy - amaliy konferensiyalarida maqola va tezislari bilan samarali ishtirok etgan.
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari: Audit, Moliyaviy va boshqaruv hisobi, Soliqlar va soliqqa tortish.
Dars beradigan fanlari: Audit, Moliyaviy va boshqaruv hisobi, Soliqlar va soliqqa tortish.
Mahmudov Omon To‘xtayevich
Moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Iqtisodchi-buxgalter
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi №43 218 xona
e-mail:omon77@mail.ru
fb.com: Omon Mahmudov
t.me: +998937945156
tel:+998937945156
Ma’lumoti: Termiz davlat universiteti, Moliya-menejment fakulteti
Mutaxassisligi–“Moliya va kredit”;
Ixtisosligi-“Iqtisodchi buxgalter”
Ilmiy darajasi-katta o‘qituvchi
Bugungi kunda i.f.n.Z.I.Ro‘ziyev rahbarligida“Mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish va samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Malaka oshirishi– 2017 yilning 1 mayidan 27 iyunigacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi“Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi”da malaka oshirish kursida muvaffaqiyatli o‘tgan.
Bundan tashqari iqtisodiyotning bir qator soha va tarmoqlarida malakasini oshirgan va seminarlar ishtirokchisi bo’lgan. Xususan 2009 yilda davlat granti asosida“O‘zbekiston Respublikasida G‘aznachilik-ni joriy qilinishi”loyihasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida malakasini oshirgan.
2016 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi bosh ilmiy-metodik markazda “Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqatini aniqlash bo‘yicha” testdan o’tib LA N0008393 seriyali guvohnomaga ega bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan har yili o‘tkaziladigan Respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Soliq bilimdonlari” tanlovining muntazam ishtirokchisi.
Erishgan xizmatlar darajasi (kar’yera):
1999-2000yy. - Termiz davlat universiteti "Moliya va soliq tizimi" kafedrasi o‘qituvchisi, 2000-2004 yy. - Termiz davlat universiteti "Bank ishi va soliq" kafedrasi o‘qituvchisi, 2004-2013yy.- Termiz davlat universiteti "Moliya" kafedrasi o‘qituvchisi, 2014y.-2015yy - Termiz davlat universiteti "Moliya" kafedrasi o‘qituvchisi, 2015 y-2018yy - Termiz davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2018 y-h.v. - Termiz davlat universiteti "Moliya" kafedrasi katta o‘qituvchisi va 2007-2013 yillarda o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv Markazi katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan.
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari: 1ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va risolalar, 20 ta jurnallar va konferensiyalarda maqola, konferensiyalar.
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari: Soliq solish va byudjet tizimi, Bojxona tizimi, Pensiya tizimi.
Dars beradigan fanlari: Moliya, Moliyaviy nazorat, Soliqlar va soliqqa tortish
To‘lakov Ulug‘bek Toshmamatovich
Moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi,
Iqtisodiyot va turizm fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi-43
218-xona
e-mail:tulakov77@mail.ru
fb.com: +998998505523
t.me: +998998505523
Ma’lumoti: Termiz davlat universiteti, moliya va kredit
Mutaxassisligi– iqtisodchi-buxgalter
Ilmiy unvoni- yo‘q
Ilmiy darajasi– yo’q
Bugungi kunda i.f.d.N.Ashurova rahbarligida “Engil sanoat korxonalarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish” mavzusida iqtisod fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa fanlari doktori ilmiy unvonini olish uchun ilmiy ishlarini muvoffaqiyatli olib bormoqda.
Malaka oshirishi– 2017 yilning 1 noyabrdan 27 dekabrigacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi”da malaka oshirish kursida muvaffaqqiyatli o‘tgan.
Bundan tashqari iqtisodiyotning bir qator soha va tarmoqlarida malakasini oshirgan va seminarlar ishtirokchisi bo‘lgan. Xususan 2015 yilda TEMPUS granti asosida “O‘zbekistoda qishloq xo‘jaligini boshqarish” loyihasi asosida Germaniyaning Vaynshtefan-Trizdorf qishloq xo‘jaligi institutida seminarlar qatnashchisi.
Erishgan xizmatlar darajasi(kar’yera):
1994-1999 yy. Termiz davlat universiteti talabasi
1999-2003 yy. SHerobod tuman Xalq banki bo‘limi nazoratchisi
2003-2004 yy. Termiz shahar aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasi iqtisodchi-buxgalteri
2004-2007 yy. Termiz Iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi
2007-2013 yy. Termiz davlat universiteti moliya kafedrasi o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv Markazi katta o‘qituvchisi
2013-2015 yy. Termiz davlat universiteti moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Norma axborot-qidiruv tizimlari ma’suliyati cheklangan jamiyatining Surxondaryo viloyatidagi rasmiy vakili
2015-2018 yy. Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi, Norma axborot-qidiruv tizimlari ma’suliyati cheklangan jamiyatining Surxondaryo viloyatidagi rasmiy vakili
2018 y. h.v. Termiz davlat universiteti moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Iqtisodiyot va turizm fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari:1 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ishlanmalar, 7 ta risola, 5 ta (OAK) e’tirof etgan jurnallarda, xalqaro hamda respublika ilmiy - amaliy konferensiyalarida maqola va tezislari bilan samarali ishtirok etgan.
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari: Iqtisodiyotga axborot texnologiyalarini qo‘llash, Boshqaruvni avtomatlashtirish, Raqamli iqtisodiyot.
Dars beradigan fanlari: Davlat byudjeti, Soliqlar va soliqqa tortish, Moliya.
Pirimqulov Obid Musoyevich
Moliya kafedrasi o‘qituvchisi.
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi-43
218-xona
e-mail:opirimkulov@mail.ru
fb.com: +998996786278
t.me: +998996786278
Ma’lumoti: Termiz davlat universiteti, moliya va kredit
Mutaxassisligi–iqtisodchi-buxgalter
Ilmiy unvoni- yo‘q
Ilmiy darajasi-yo’q
Malaka oshirishi– 2017 yil TDIU
Erishgan xizmatlar darajasi(kar’yera):
1999-2000 yy. - Termiz shahar Hokimligi iqtisodchisi
2000-2007 yy. - TerDU o‘qituvchisi
2007-2008 yy. - TDIU o‘qituvchisi
2008-2009 yy. - Termiz iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi
2009-2011 yy. - TerDU metodisti
2011 y.dan - TerDU o‘qituvchisi
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari: 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ishlanmalar, 5 ta (OAK) e’tirof etgan jurnallarda maqola.
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari:Investitsiya loyihalari tahlili, Moliya bozori
Dars beradigan fanlari: Korporativ moliya, Investitsiya loyihalari tahlili, Moliyaviy risklar, Moliya bozori.
Xudayberganova Sanavar Kuklanovna
Moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi-43
218-xona
e-mail:xudayberganova_s@mail.ru
fb.com: +998944677974
t.me: +998944677974
Ma’lumoti: Toshkent xalq xo‘jaligi institute Mutaxassisligi– Buxgalteriya hisobi va xo‘jalik analizi
Ilmiy unvoni- yo‘q
Ilmiy darajasi-yo‘q
Malaka oshirishi– yo‘q
Erishgan xizmatlar darajasi(kar’yera):
1980-1984 yy. - Xorazm viloyati Yangibozor tumani Kuybeshov kolxozi ishchisi
1985-1989 yy. - Toshkent xalq xo‘jaligi instituti talabasi
1989-1990 yy. - Xorazm viloyati Yangibozor tumani pedagogika bilim yurti o‘qituvchisi
1991-1992 yy. - Termiz shahri mehnat birjasi yordamchi hisobchisi
1993-2004 yy. - Surxondaryo viloyati Agrosanoat xodimlari majmui kasaba uyushma qo‘mitasi yordamchi hisobchisi
2005-2015 yy - Termiz davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
2015 y. - 2018. - Termiz davlat universiteti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi
2018 y-h.v. - Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari:1ta № 4 Iqtisod va moliya ilmiy-amaliy jurnal, 5 ta (OAK) e’tirof etgan jurnallarda maqola.
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari: Buxgalteriya hisobi, Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi.
Dars beradigan fanlari:
t.f. Buxgalteriya hisobi nazariyasi, Buxgalteriya hisobi, Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish, Soliqlar va soliqqa tortish.
Turanov Murodullo Shosaidovich
Moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi-43
218-xona
e-mail:murodullo11@mail.ru
fb.com: +998996786278
t.me: +998996786278
Ma’lumoti: Toshkent moliya instituti,
Mutaxassisligi– Soliqlar va soliqqa tortish
Ilmiy unvoni- yo‘q
Ilmiy darajasi-yo‘q
Malaka oshirishi– 2019 yil TDIU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi.
Erishgan xizmatlar darajasi(kar’yera):
1996-2000 yy. -Termiz davlat universiteti talabasi
2000-2001 yy.- Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank Termiz bo‘limi chakana savdo
operatsiyalari bo‘limi kassiri
2001-2001 yy. -Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank Termiz bo‘limi bank ichki operatsiyalari
bo‘limi bosh mutaxassisi
2001-2002 yy. - Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank Termiz bo‘limi bank ichki
operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i
2002-2004 yy. - Toshkent Moliya instituti magistranti
2004-2009 yy. - Termiz bank kolleji o‘qituvchisi
2009- 2015 yy. - Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi o‘qituvchisi
2015-2018 yy. - Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2018 y.-h.v. - Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari:2 ta (OAK) e’tirof etgan jurnallarda maqola.
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari: Soliq solish va byudjet tizimi.
Dars beradigan fanlari: Soliqlar va soliqqa tortish, t.f.Bank ishi t.f.Banklarda buxgalteriya hisobi, t.f.Xorijiy mamlakatlar soliq tizimi.
Shodiyev Akbar Ashurovich
Moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi-43
218-xona
e-mail:aliz77@mail.ru
fb.com: +998902466363
t.me: +998902466363
Ma’lumoti:Termiz davlat universiteti
Mutaxassisligi–Iqtisodchi-buxgalter
Ilmiy unvoni- yo‘q
Ilmiy darajasi-yo‘q
Malaka oshirishi– 01.01.2017 y 28.02.2017 y
TDIU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi 2019 yil TDIU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi.
Erishgan xizmatlar darajasi(kar’yera):
1994-1999 yy. - Termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti talabasi
1999-2018 yy. - Termiz davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi
2018 y - Moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari:2 ta (OAK) e’tirof etgan jurnallarda maqola.
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari:Soliq solish va byudjet tizimi.
Dars beradigan fanlari: Iqtisodiy tahlil va audit, Investitsiya, Moliyaviy tahlil, Iqtisodiy tahlil va audit, Moliyaviy tahlil.
Qodirov Bahodir Qudratovich
Moliya kafedrasi i.f.n.katta o‘qituvchisi.
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi-43
218-xona
e-mail:aliz77@mail.ru
fb.com: +998902466363
t.me: +998902466363
Ma’lumoti: 1993 y. Toshkent Moliya instituti
Mutaxassisligi–Moliya kredit
Ilmiy unvoni- yo‘q
Ilmiy darajasi-yo‘q
Malaka oshirishi– 01.01.2017 y 28.02.2017 y
TDIU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi 2019 yil TDIU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi.
Erishgan xizmatlar darajasi(kar’yera):
1985-1986 yy.- Surxondaryo viloyati Murzabot tumani KSK operatori
1986-1987 yy.- Toshkent xalq; xo‘jaligi instituti talabasi
1987-1989 yy.- Harbiy xizmatda
1989-1991 yy.- Toshkent xalq xo‘jaligi instituti talabasi
1991-1993 yy.- Toshkent moliya instituti talabasi 1993-1994 yy.-Termiz davlat pedagogika instituti siyosiy iqtisod kafedrasi
katta o‘qituvchisi
1994-1994 yy.- Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi Bozor iqtisodiyoti tizimidagi tashkilotlarni soliqqa jalb etish
bo‘limi bosh inspektori
1994-1998 yy.- Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi Chet el valyutalari tushumini nazorat qilish bo‘limi katta
inspektori
1998-2000 yy.- Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi Maxsus nazorat taftish bo‘limi katta inspektori
2000-2005 yy.- Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi maxsus nazorat-taftish boshqarmasining regional bo‘limi boshlig‘i
inspektori
2005-2006 yy.- Surxondaryo viloyati Davlat soliq; boshqarmasi Valyuta va eksport import operatsiyalarini nazorat qilish shu’basi
katta inspektori
2006-2007 yy.- Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning hisob raqamlaridagi pul
mablag‘lari aylanmasini tahlil qilish shu’basi boshlig‘i
2007-2007 yy.- Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Axborot tizimlari bo‘limi katta inspektori
2010-2014yy.-Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Yuridik shaxslar to‘lovlarining byudjetga tushishini nazorat va tahlil qilish bo‘limi katta inspektori
2014-2015yy.-Surxondaryo viloyati Termiz tuman davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslar soliqqa tortish va tushumlarini nazorat va tahlil qilish bo‘limi katta inspektori
2015-2016 yy.-Surxondaryo yh
Surxondaryo viloyati “Hamkor soliq maslahat” MCHJ soliq maslahatchilar tashkiloti boshlig‘i
2016-2018 yy-Termiz Davlat universiteti “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Moliya” kafedrasida katta o‘qituvchi
2018 yy- x.v.- Termiz Davlat universiteti “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Moliya” kafedrasida katta o‘qituvchi
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari:yuk.
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari: Soliq va soliqqa tortish,
Dars beradigan fanlari: Investitsion loyihalar tahlili, Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti, Soliqlar va soliqqa tortish,
Abdulhayeva Shahnoza Muhammadiyevna
Moliya kafedrasi o‘qituvchisi.
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi-43218-xona
e-mail:shahnoza76@mail.ru
fb.com: +998902467655
t.me: +998902467655
Ma’lumoti:1998 y. Termiz davlat universiteti (bakalavr)
Mutaxassisligi–Iqtisodchi-buxgalter.
Ilmiy unvoni- yo‘q
Ilmiy darajasi-yo‘q
Malaka oshirishi– 2017 yil TDIU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi
Erishgan xizmatlar darajasi (kar’yera):1993-1998 yy.-Termiz davlat universiteti talabasi
1998-2001 yy.-TIF Milliy banki Termiz bo‘limi pul muomalasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi
2001-2007 yy.-Surxondaryo viloyati Elektr tarmoqlari ochiq tijorat aksionerlik jamiyati mutaxassisi
2007-2010 yy.-Termiz bank kolleji o‘qituvchisi
2010-2018 yy -Termiz davlat universiteti «Iqtisodiyot» kafedrasi o‘qituvchisi
2018 - h.v. - Termiz davlat universiteti «Moliya» kafedrasi o‘qituvchisi
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari:yuk.
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari:Soliq va soliqqa tortish,
Dars beradigan fanlari: Moliya va kredit Soliqlar va soliqqa tortish,
Rahimova Go‘zalbegim Murodovna
Moliya kafedrasi o‘qituvchisi.
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi-43218-xona
e-mail:guzalbegim@gmail.com
fb.com: +998904745865
t.me: +998904745865
Ma’lumoti: 2004 y Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mutaxassisligi– audit
Ilmiy unvoni- yo‘q
Ilmiy darajasi-yo‘q
Malaka oshirishi– TDIU huzuridagi PKQT va UMO tarmoq markazi 2016 yil
Erishgan xizmatlar darajasi (kar’yera):
1998-2002 yy. - Termiz davlat universiteti talabasi
2002-2004 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
2005-2008 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi iqtisodiyot instituti aspiranti
2008-2015 yy. - Termiz davlat universiteti Ijtimoiy-Iqtisodiy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
2015-2018 yy. -Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi
2018y.-h.v.-Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi o‘qituvchisi
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari:
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari: Soliq va soliqqa tortish,
Dars beradigan fanlari:Soliq va soliqqa tortish,
Xalqaro moliya munosabatlari
Ollokulova Feruza Mansurovna
2018 yil 27 avgustdan
Moliya kafedrasi o‘qituvchisi.
Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi-43218-xona
e-mail:ollokulova_93@mail.ru
fb.com:+998901351133
t.me:+998901351133
tel:+998901351133
Ma’lumoti: Toshkent moliya instituti 2018
Mutaxassisligi–Davlat moliyasini boshqarish
Ilmiy unvoni- yo‘q
Ilmiy darajasi-yo‘q
Malaka oshirishi– yo‘q
Erishgan xizmatlar darajasi(kar’yera):
2012-2016 yy.-Termiz davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti "Moliya" ta’lim yo‘nalishi bakalavr bosqichi talabasi
2016-2018 yy.-Toshkent moliya instituti Magistratura bo‘limi “ Davlat moliyasini boshqarish “ mutaxasisligi magistranti
2018 y.-h.k Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Moliya kafedrasi o‘qituvchi
Nashr qilingan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari:
Ilmiy-ijodiy qiziqishlari: Davlat moliyasi boshqarishni takomillashtirish, Moliya sohasi bo‘yicha ingliz tilida tarjima qilish. Talabalarga tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish.
Dars beradigan fanlari:t.f.Bojxona tariflari va to‘lovlari, t.f.Xorijiy mamlakatlar moliya tizimi, t.f.Davlat byudjeti, Biznes moliyasi, t.f. Sug‘urta ishi, Soliqlar va soliqqa tortish.
Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalar fakultetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 29-martdagi 6-q/q-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yoshlar masalalari bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
BatafsilIste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi xodimlari, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev tomonidan “Ma’naviyat-najotkor kuch” mavzusida ma’ruza va seminar-trening o’tkazildi.
BatafsilBugun katta g‘urur va iftixor bilan ayta olamizki, yoshlarimiz uchun mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki yuksak maqsad, tom ma’nodagi shon-sharaf ishiga aylangan.
Batafsil© Termiz Davlat Universiteti