Termiz davlat universitetida yangi sahifa!

Xabaringiz bor, joriy o‘quv yilidan boshlab xorijiy filologiya fakulteti tarkibida “Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili” yo‘nalishi  faoliyatini boshladi.  Ushbu yo‘nalishda  ta’lim olayotgan talabalarimiz ulkan maqsadlar sari dadil qadam tashlamoqda.

Talaba-yoshlarimizga nafaqat til o‘rgatish, balki Sharq madaniyatining nozik jilolarini anglatish, qadimiy va zamonaviylik uyg‘unligida malakali kadrlar tayyorlash asosiy maqsad qilib olingan.

Ana shu maqsad muddaoga yoʼnaltirilgan tashabbuslar koʼzga tashlanmoqda. Talabalarimiz  o‘zbek milliy adras va atlasining betakror ranglarini yaponlarning milliy kimonosi bilan uyg‘unlashtirib, yangi timsol yaratdilar va shu liboslarda dars mashg‘ulotlariga ishtirok etishmoqda. 

Bu tashabbus  o‘zbek va yapon xalqlarining do‘stligi, madaniy aloqalari va o‘zaro hurmatining ramzi bo‘lib gavdalanmoqda.

Til – xalqlar ko‘prigi, madaniyat – qalblar uyg‘unligi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 51

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil