Botanika kafedrasi

114

Kafedra mudiri:

Begmatov Abdusamat Mamatqulovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9 00 – 12 00
Telefon: 90 520 07 11
Telegram: 90 520 07 11

1956 yilda Termiz shahridagi ikki yillik o‘qituvchilar instituti Termiz davlat pedagogika institutiga aylantirildi. Institutdagi Biologiya-ximiya fakulteti tarkibida shu yili “Biologiya-ximiya” kafedrasi ilk matra tashkil etildi. Kafedra mudiri etib b.f.n., dots. M. Hojiyev tayinlandi.

1960 yilda Termiz va Qarshi davlat pedagogika institutlari qo‘shilishi munosabati bilan kafedra qarshi shahriga ko‘chirildi. 1965 yilga kelib Termiz davlat pedagogika instituti qayta tashkil etildi, b.f.n., dots. M. Hojiyev “Biologiya-ximiya” kafedrasiga rahbarlik qildi.1969 yili Tibbiyot fanlari nomzodi X. Zokirov kafedra mudirligiga saylandi. Ushbu davrda kafedrada 4 nafar fan nomzodlari (M.Hojiyev, M.Saidov, A.Qulmamatov, X.Zokirov) ishlashgan. 1974-yil kafedrada biologiya fanlari nomzodlari Sh. Xurramov va X.Saidovlar pedagogik faoliyatini boshlashgan.

1978-yili kafedra o‘qituvchisi X.Tajiyev, 1979-yili kafedra aspiranti E. Qulmamatovlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishgan.1975-1988 yillarda dotsent A.Qulmamatov kafedra mudiri bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. 1988-yil “Kimyo-botanika va qishloq xo‘jalik asoslari” kafedra sifatida ajralib chiqdi va kimyo fanlari nomzodi T.Xamrayev kafedraga rahbarlik qildi. 1991-yili kafedra “Botanika va qishloq xo‘jalik asoslari” kafedrasi deb nomlandi va b.f.n. E.Qulmamatov kafedrani boshqardi. 1993-1996 yillarda b.f.n., dots. Q.Jumaev kafedra mudiri bo‘lgan.

1997-1999 yillarda b.f.n. A.Sattorov kafedra mudiri bo‘lib ishlagan.

1999-2002 yillarda kafedra mudiri sifatida b.f.n. R.Muhammadjanova faoliyat olib bordi. 2003-2011 yillarda b.f.n. A.Sattorov kafedrani boshqardi. 2011-2014 yillarda b.f.n. D.Qodirova kafedra mudiri bo‘lib faoliyat olib bordi. 2014-yil may oyidan boshlab “Botanika” kafedrasi “Biologiya” kafedrasi deb nomlandi. 2015-2018 yillarda q.x.f.n. S.Sulliyeva “Biologiya” kafedrasi mudiri bo‘lib ishladi.

2018-yil sentyabr oyidan “Biologiya” kafedrasi “Botanika” kafedrasi deb nomlandi va kafedra mudiri etib b.f.n. A.Begmatov tayinlandi.

Kafedrada “5140100-biologiya (turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta'lim yo’nalishlari, 2017-yil sentyabr oyidan boshlab “5A140101-biologiya (botanika)” magistratura mutaxassisligi mavjud. Kafedra Respublika va viloyat miqiyosida ilmiy tadqiqot institutlari bilan uzviy ilmiy aloqa o‘rnatgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi “Botanika instituti”, Mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, Viloyat sanitariya, epidemologiya markaziga qarashli “bakteriologiya va virusologiya laboratoriyalari” Termiz shahridagi xalqaro Turkiya-Niderlandiya hamkorligida tashkil etilgan “Kani-lab” laboratoriyasida Mikrobiologiya va vrusologiya, biokimyo va molekulyar biologiya fanlaridan tajriba darslari o’qitilib kelmoqda. “Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo filiali”, “O‘zbekiton sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo tayanch punkti”, “Denov dendrariy bog‘i”, “O‘simliklarni himoya qilish markazi”, “Viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga qarashli biologik laboratoriyalar”, “Viloyatdagi malaka oshirish institutlari” bilan doimiy hamkorlikda tadqiqot olib boriladi.

Hozirda kafedrada 1 nafar fan doktori (DSc), 3 nafar dotsent, 1 nafar katta o’qituvchi, 1 nafar q\x.f.f.d (PhD) katta o’qituvchi, 1 nafar b.f.f.d (PhD) o’qituvchi 4 nafar o‘qituvchi, 2 nafar stajyor o'qituvchi bo‘lib, 13 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedrada oqitiladigan yonalishlar:

Bakalavriat:

60510100 - Biologiya (turlari bo‘yicha)

Magistratura

70510101 - Biologiya (Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi)

Kafedrada oqitiladigan fanlar:

Bakalavriat:

  1. Botanika: O‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasi
  2. Botanika: O`simliklar sistematikasi
  3. Mikrobiologiya va virusologiya
  4. Biokimyo va molekulyar biologiya
  5. Biotexnologiya
  6. O'simliklar fiziologiyasi
  7. Biologiya o'qitish metodikasi
  8. Resursshunoslik
  9. t.t.f. Fitotsenologiya
  10. t.t.f. O'simliklar geografiyasi
  11. t.t.f. Antekologiya
  12. t.t.f. Dorivor o'simliklar
  13. t.t.f. Manzarali o‘simliklar
  14. t.t.f. Mikrobiotexnologiyasi
  15. t.t.f. O'simliklar biokimyosi
  16. t.t.f. Resusrsshunoslik

 

Magistratura

  1. Mineral oziqlanish fiziologiyasi
  2. Oʻsimliklarning stress fiziologiyasi
  3. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  4. Biostatistika
  5. O‘simliklar introduksiyasi
  6. t.t.f. O'simliklarning o'sishi va rivojlanish fiziologiyasi
  7. t.t.f. Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi
  8. t.t.f. Oʻsimliklarning oʻsish va rivojlanish fiziologiyasi

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar

Kafedra mudiri dots. A.Begmatov tomonidan “Janubiy O‘zbekiston sharoitida efirmoyli o‘simliklarning introduktsiyasi va istiqbolli turlari plantatsiyalarini tashkil etish” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertasiyasi mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda. o‘qituvchi D.Karaboyeva tomonidan “Janubiy O‘zbekiston sharoitida moyli ekinlarda biostimulyatorlarni qo‘llash” mavzusida (PhD) ilmiy tadqiqot olib borilmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar

Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darsliklar, o’quv qo’llanmalar va monografiyalar tayyorlanib, o‘quv jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

  1. Kafedra dotsenti Sulliyeva S.X. Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish. Monografiya. 2020 yil 25 dekabrdagi 9- sonli kengash bayonnomasi. Globe nashriyoti.
  2. Begmatov A., Sharipov A.E.Surxondaryo sharoitida stevia rebaudiana Bertonining introduktsiyasi va bioekologik xususiyatlari. Monografiya. 2019 yil, 15 noyabrdagi 3.5.1 -sonli bayonnoma. Nasaf nashriyoti.
  3. Ibragimov A, Eshboev M. Surxondaryo viloyatining florasining endem va kamyob turlari. Monografiya. 2019 yil, 15 noyabrdagi 3.5.1- sonli bayonnoma. Nasaf nashriyoti.
  4. Ibragimov A, Sharipov A.Boboyeva N, Qurbonova Z. Surxondaryo viloyati florasining yovvoyi manzarali o‘simliklari. Monografiya. 2020 yil 5 dekabrdagi 5.2.2-sonli bayonnoma.“Lesson press” MCHJ nashriyoti.
  5. A.S.Sattarov “Introduktsiya sharoitida Pavloniyaning (Pavlownia siebold) bioekologik xususiyatlari. Monagrafiya, Toshkent 2020 y “Navro`z nashryoti
  6. A.S.Sattarov “Oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik tozalash usullarining ahamiyati”. Monografiya India 2022 y
  7. Sulliyeva S.X. “Sinf rahbari faoliyati” nomli monografiya 2022 y.
  8. Kafedrada “ Fotosintez va hayot “ nomli ilmiy to’garak faoliyat yuritadi va 30 dan ortiq ilmiy sohaga qiziquvchi bakalvriat talabalari va 20 dan ortiq magistrlarni jalb etgan.
  9. Surxondaryo viloyati florasining endem va kamyob turlari Ibragimov Akram Javliyevich, Eshboyev Muzaffar Monografiya Qarshi “Nasaf” nashryoti 6.2 bosma taboq 2019
  10. Qorako’l zotli sur qo’ylar genofondini saqlash va takomillashtirish asoslari Omonov Mamatqobil Ismoilovich Monografiya Termiz shahar “IRFON-PRINT” nashryoti, 18 bosma taboq 2022

10. «O‘simliklar fiziologiyasi» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari Qodirova D.N., Bekchanova M.K., Fozilov Sh.M. O‘quv qo‘llanma T: “Lesson Press” MCHJ nashriyoti,. 7 bosma taboq 2022

11. Mikrobiologiya fanidan laboratoriya mashg’ulotlari Sattarov Abdumurod Sattarovich O’quv qo’llanma Published by Novateur Publication 2022

12. Turli biopolimerlar asosida sorbent olish va unga faol moddalarni adsorbsiyalsh Begmatov Abdusamat Mamatqulovich, Rajabov Tolib Monografiya Termiz shahar “IRFON-PRINT” nashryoti, 5.75 bosma taboq 2023

13. Introduksiya sharoitida yapon mushmullasining (Eriobotrya Japonica (THUNB) LINDL.) reproduktiv biologiyasi Begmatov Abdusamat Mamatqulovich Monografiya Toshkent sh. “PUBLISHING HIGH FUTURE” nashryoti 7.8 bosma taboq 2024

14. Biologik kimyo fanidan vizual laboratoriya mashg‘ulotlari Xayitova Shaxlo Davlatovna

15. Fozilov Sherzod Musurmonovich Aslanova Xolida Gafurovna O‘quv qo‘llanma T: “Lesson Press” MCHJ nashriyoti,. 7 bosma taboq 2023

16. O‘simliklar fiziologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar Qodirova Dilbar Normo‘minovna

17. Ravshanova Umida Baxriddinovna Boboyeva Nodira To‘xtamishovna Fozilov Sherzod Musurmonovich O‘quv qo‘llanma T.: “PUBLISHING HIGH FUTURE” OK nashriyoti,– 11 bosma taboq 2023

18. “Surxondaryo viloyatida tarqalgan arslonquyruq (lionurus turkestanicus, v.i. krecz. & kuprian)ning biologiyasi” D.N.Qodirova Sh.M.Fozilov Monografiya T.: “Publishing high future” OK nashriyoti, – 6 bosma taboq 2024

  1. Biokimyo va molekulyar biologiya (test, masala va mashqlar to’plami) Bekchanova M.K. Yaxshiboyeva M.X. Sh.M.Fozilov O’quv qo’llanma. Toshkent: “Publishing high future” OK nashriyoti, –7 bosma taboq 2024

20. Surxondaryo viloyati optimal namlik va qurg‘oqchil yerlarida soya navlarini biofiziologiyasi va yetishtirishning o’ziga xos xususiyatlari Sh.M.Fozilov Monografiya T.: “Publishing high future” OK nashriyoti, – 7 bosma taboq 2024

21. O’simliklar fiziologiyasidan qisqacha izohli lug‘at Tojiyeva F.A. Sh.M.Fozilov Lug‘at. T.: “Publishing high future” OK nashriyoti, – 7 bosma taboq 2024

  1. Suv fototrof organizmlarining ekologik Fiziologiyasi. Fotosintez. Tarjimonlar: q.x.f.f.d. (PhD) N.T.Boboyeva b.f.f.d (PhD) Sh.M. Fozilov q.x.f.n. A.B.Danabayev Tarjima qo’llanma T.: “Publishing high future” OK nashriyoti,– 10 bosma taboq 2024

Ushbu yillar mobaynida 10 dan ortiq monografiya, 9 ta Scopus, web of science bazalarida indeksatsiya qilingan maqola, yuqori impact faktorli jurnallarda 100 ga yaqin maqola, OAK e’tirof etgan xorijiy va mahalliy jurnallarda 120 dan ortiq maqola chop ettirildi.

Ushbu yillar mobaynida Bir nafar fan doktori (DSc) (2022- yil ), bir nafar biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (Phd) (2023- yil) ilmiy ishlarini yakunlab dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi. 2024- yilda yana ikki nafar xususan: tayanch doktorant Fozilov Sherzod va kafedra mustaqil tadqiqotchisi Boboyeva Nodiralar (2024- yil yanvar oyida ilmiy seminardan o’tishdi va ilmiy ish natijalarini saytga joylashtirdi).

Kafedrada “ Biologiyada zamonaviy tadqiqotlar: muammo va yechimlar ” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 2022-yil 11-12 oktabr kunlari o’tkazildi.

Tabiiy fanlar fakultetining botanika tajriba maydonchasida jaxonning turli mamlakatlaridan olib kelingan 100 dan ortiq o’simliklar (introduksiya) iqlimlashtirildi.

A .Begmatov. “Surxondaryo vohasida efir moyli dorivor o‘simliklarning tabiiy va madaniy aspektdagi onalik plantatsiyalarini tashkil etish va efirmoyi ajratib olish” mavzusidagi amaliy loyiha granti.

A. Ibragimov. “Tojik kovragini tabiiy zaxiralarini xaritalash va axborot tahliliga ega bo‘lgan raqamli platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha granti.

S. Sulliyeva. “Tuproqning meliorativ holatini yaxshilaydigan, chorvachilikda yuqori kaloriyali ozuqa noana’anaviy dukkakli-ekin Krotalariya (Crotalaria juncea) ni ang’izda yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha granti.

M. Omonov. “Surxondaryo zot tipli sur qorako‘l qo‘ylarining yangi rangbarangligini yaratishning seleksion-genetik usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha granti.

Usbu amaliy loyiha grantlari asosida 1 milliard 200 million so’m mablag’ tushirildi.

Kafedra ilmiy kadrlar tayyorlashda quyidagi ishlarni amalga oshirdi.

A. Sharipov, R. O’ralov, B. O’ralovlar O’zbekiston Milliy universitetida maqsadli doktoranturani o’tashmoqda, X. Safarov, Z. Aliyev, Y. Abdullayeva, Z. Xudoyberdiyeva kabi kafedra bitiruvchilari Mikrobiologiya ilmiy tekshirish institutida stajirovka o’tashmoqda.

Hozirgi vaqtda dotsent A.Begmatov biologiya fanlari doktori, professor To’xtayev Boboqul Yorqulovich ilmiy maslaxatchiligida “ Surxondaryo vohasi sharoitida efirmoyli o‘simliklarning introduksiyasi va istiqbolli turlarini plantatsiyalarini tashkil etish” mavzusida doktorlik dessertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda. Mavzu bo’yicha 1 ta monografiya va doktorlik dissertatsiyasi nashr etilishi talab etilgan ilmiy jurnallarda 20 ga yaqin ilmiy maqolalar chop ettirdi va 1 ta mualliflik guvohnomasiga ega.

XORIJIY ALOQALAR SOHASIDA

Kafedraning quyidagi professor o’qituvchilari yetakchi xorijiy davlatlarning top- 1000 talikka kiradigan bir qancha Oliy ta’lim muassalarida stajirovka o’tadilar va malaka oshirdilar.

1. A. Begmatov Belorussiya davlatining Belorus milliy fanlar Akademiyasining markaziy botanika bog’ida 2022- yil 1-30- sentabrgacha, M. Omonov Moskva davlat universitetida 2022 –yil 1-30- sentabr, S.Sulliyeva Abay nomidagi Janubiy Qozog’iston universitetida 2022- yil 1-30- dekabrida, A.Begmatov Qozon fedral universitetining Psixologiya va ta’lim institutida 2023- yil 2- oktabrdan
3- noyabrga qadar masofaviy malaka oshirish kursida o’qidi.

Ushbu yillar mobaynida xorijiy mamlakatlarning yetakchi professor o’qituvchilari botanika kafedrasida ma’ruza o’qidilar.

Jumladan: AQSH ning Texas Universiteti professori, biologiya fanlari doktori Dani Raviprakash Govindrao 2023 – yilning mart oyida Biotexnologiya fanidan biologiya ta’lim yo’nalishing talabariga ma’ruza mashg’ulotlarini o’tdi.

Rossiya Federatsiyasi Penza Davlat Agrar Universitetining yetakchi olimasi biologiya fanlari nomzodi, dotsent Latipova Elvira Azatovna 2021- yil Botanika fanidan biologiya ta’lim yo’nalishing talabariga ma’ruza mashg’ulotlarini o’tdi.

2023- yil 2- 3- fevral kunlari O’zbekiston- Hindiston xalqaro davra suhbati konferensiyasini o’tkazildi.( TerDU rektorining 02.02.2023- y №-55-PO’ sonli buyrug’i).

2023 - yil 5- dekabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti dekani A.Xurramov va Botanika kafedrasining o’qituvchilari I.Qahhorov va A.Pardayevlar tomonidan Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida o’tkazilgan dunyo universitetlari rengtingida Termiz Davlat Universiteti ham tashkilotning rasmiy saytiga kiritildi va natijalarga ko’ra Termiz Davlat Universiteti dunyo universiteti reytingida nufusli 877- o’rinni egalladi.

2024 yil Belarus Respublikasining Belarus Davlat Universiteti qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent Поликсенова Валентина Дмитриевна 2024 – yilning oktyabr oyida Dorivor o’simliklar fanidan biologiya ta’lim yo’nalishing talabariga ma’ruza mashg’ulotlarini o’tdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Hamkorlik – ta’limda sifat va taraqqiyot garovi

  • 2025-09-30
  • 10

Bugun Termiz davlat universiteti hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Batafsil

“Sizga ta’zim ustozlar”

  • 2025-09-30
  • 13

Bugun erta tongdan TerDUning professor-o‘qituvchilari “Sizga ta’zim ustozlar” shiori ostidagi ko'ngilochar tadbirlar bilan kutib olindi

Batafsil

Bugun Termiz davlat universitetining barcha talabalar turar joylarida chinakam bayramona kayfiyat hukm surdi

  • 2025-09-29
  • 34

Mohir oshpazlar tomonidan 6 ta ulkan doshqozonda tayyorlangan mazali osh kampusdagi TTJlarda istiqomat qilayotgan 3 000 nafarga yaqin talabalarimizga tarqatildi.

Batafsil