Abramatov Muxamadi Boyqobilovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent
Kafedra 1994 yil 15 aprelda Kimyo fakultetining “Umumiy kimyo va ekologiya”, “Anorganik va analitik kimyo” hamda “Qishloq xo’jaligi asoslari” kafedralari tarkibida shakllangan. Uning bosh tashabbuskori Termiz davlat universitetining sobiq rektori O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Beruniy nomidagi davlat mukofotining sohibi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Surxon vohasi ilm ahlining faxri, fizika – matematika fanlari doktori, professor To’raev Nazar Yo’ldoshevichdir. Kafedraning asoschisi qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, dotsent, Nyu-York fanlari akademiyasining xaqiqiy a’zosi va professori hamda TerDU professori Zokirov Xolmat Xurramovich sanaladi. Uzoq yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatib, yosh avlodga o’z bilimi va tajribalarini o’rgatib kelmoqda.
Ushbu kafedra tashkil etilgan yildan boshlab kafedraning professor – o’qituvchilari universitetning kimyo, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanlari o’qitiladigan barcha ta’lim yo’nalishlarida umumiy kimyo va ekologiya fanlaridan dars bera boshladilar. 2010-2011 o’quv yili davomida geografiya kafedrasi bilan qo’shilib “Geografiya-ekologiya” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko’rsatdi. 2011-2012 o’quv yilidan boshlab “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish”, 2012 yildan “Ekologiya”, 2018 yildan “Ekologiya va tuproqshunoslik” kafedrasi deb nomlanib kelmoqda. Hozirda kafedraga biologiya fanlari nomzodi, dotsent Muhammadi Boyqobilovich Abramatov mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirda kafedrada 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, 1 nafar biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, katta o’qituvchi, 1 nafar katta o’qituvchi va 1 nafar o’qituvchi–8,5 shtat birligida faoliyat ko’rsatib.
KAFEDRA O’QITUVCHILARI
F.I.SH.:ZAKIROV XOLMAT XURRAMOVICh Qabul vaqti: SHANBA 10:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998 93799-54-54 E-mail: zokirovx@tersu.uz |
F.I.SH.:SAIDOV MUXAMADI Qabul vaqti: SHANBA 13:00 dan 16:00 gacha Telefon:+998 91 586-85-66 E-mail: saidovm@tersu.uz |
F.I.SH.:NORMAMATOV ABSALOM REJABOVICH Qabul vaqti:PAYSHANBA 13:00 dan 15:00 gacha Telefon:+99894 582-00-62 E-mail: normamatova@tersu.uz |
F.I.SH.:CHORIYEVA NARGIZA MAMARAJABOVNA Qabul vaqti: SHANBA, 14:00 dan 16:00 gacha Telefon:+99899 706-85-03 E-mail: choriyevan@tersu.uz |
F.I.SH.:NORMURATOV OYBEK ULUG’BERDIEVICH Qabul vaqti:PAYSHANBA 14:30 dan 17:00 gacha Telefon:+998 93 196-75-74 E-mail: normuratovo@tersu.uz |
F.I.SH.:MAMATKULOV ASLIDDIN RUSTAMBEK O’G’LI Qabul vaqti: JUMA, 10:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998 93 634-54-54 E-mail: amamatkulov@tersu.uz |
KAFEDRADA O’QITILADIGAN YO’NALISHLAR:
Kafedrada 60530700-Tuproqshunoslik ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar hamda 70530701-Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanadi.
KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLAR:
Bakalavriat:
Magistratura:
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR Kafedarada ilmiy muhit yaxshi shakllangan. Jumladan, kafedra professori X.Zokirov katta o’qituvchi O.U.Normuratovning “Taqir-o’tloqi tuproqlar sharoitida pomidordan yuqori hosil yetishtirishda biologik preparatlar va azotli o’g’itlarning me’yorini aniqlash” nomli ilmiy tadqiqot ishiga rahbarlik qilib kelmoqda. Bundan tashqari kafedra mudiri dotsent M.Abramatov “O’zbekistonning janubida kavsh qaytaruvchi uy hayvonlarining oshqozon-ichak tizimi nematodalari”, N. Choriyeva – “Eritrosit va limfositlardagi membrana jarayonlarining gossipol va uning hosilalari ta’siridagi modulyatsiyasi” N.A.Nurgaliev - “Ko’mir koni atrofida tarqalgan tuproqlarning ayrim xossalarini o’zgarishi va ularning rekultivatsiyasi (Sharg’un ko’mir koni misolida)”, A. Mamatkulov – “Surxondaryo viloyati Boysun tumani tog’ tuproqlarining degradatsiya jarayonlarini GAT texnologiyalar orqali monitoring qilish” mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR
So’ngi yillarda kafedra professor-o’qituvchilari bu sohada salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, birgina 2019 yilda kafedrada 4 ta monografiya: “Ekoiqtisodiy inqirozlarni bartaraf etishda ommaviy axborot vositalarining o’rni”, “Tuproqshunoslik”, “Nematodi roda Haemonchus (Nematoda: Trichostrongylidae): morfologicheskie i molekulyanie podxodi k ix differentsiatsii”, “Tipik bo’z tuproqlar sharoitida kuzgi bug’doy va kartoshkadan yuqori hosil olishda o’g’itlarni o’rni” va 1 ta “Tuproq biologiyasi va ekologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotlar” nomli uslubiy qo’llanma nashr ettirildi.
DARSLIK VA O‘QUV QO‘LLANMALAR
2020 yilda kafedra professori X.Zokirov “Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” nomli darsligi, 2021 yilda professor X.Zokirov, dotsent M.Saidovlar “Tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasi” nomli darsligini nashr ettirdilar.
Bundan tashqari professor X.Zokirov “Surxondaryo tabiati va ekologiyasi” nomli o’quv o’llanmasini nashr ettirdi.
ILMIY MAQOLALAR
Кафедра профессор-ўқитувчилари томонидан олиб борилаётган илмий тадқиқот натижалари дунёнинг нуфузли журналларида эълон қилиниб бормоқда. Жумладан,
1. Нормуратов. О. У., Ш.Ч.Холтўраев Влияние биологических препаратов на прорастание семян томата // Актуальные проблемы современной науки. - Москва, 2021. №5(122), – С. 86-89.
2. Нормуратов. О. У. Установление норм минеральных удобрений при выращивании томата в долине Сурхандарьи // НАУКА И МИР - № 2 (78), 2020, Том 1
3. Нормуратов. О. У. Влияние разных доз азотных удобрений и биолоических препаратов на рост и развитие томатов // Актуальные проблемы современной науки - № 6 (115), 2020
4. Choriyeva N. et. al. Lytic and sublytic effects of gossypol on red blood cells and Thymocytes // Clin Exp Pharmacol Physiol. 2020-10-30 T01
5. M. Abramatov A.Kuchboev, B.Ruziev, Kh.Sobirov Diversity of Gastrointestinal Nematodes in Domestic Ruminants of Uzbekistan // Pakistan J. Zool., pp 1-4, 2021. DOI: https://dx.doi.org/10.17582/journal.pjz/20210629120602
7. M. Abramatov, O. Amirov, A. Kuchboev, I. Khalilov, I.Abdurakhmanov Morphological and molecular characterization of Haemonchus contortus and H. placei (Nematoda: Trichostrongylidae) from Uzbekistan by sequences of the second internal transcribed spacer of ribosomal DNA // Scientia Parasitologica. Cluj-Napoca, Romania, 2013 14(3): 115-120.
8. Кучбоев А.Э., Амиров О.О., Шакарбоев Э.Б., Каримова Р.Р., Голованов В.И., Абраматов М.Б., Кузнецов Д.Н. Эпизоотология парабронемоза домашних жвачных Узбекистана//Журнал ВЕТЕРИНАРИЯ. Москва, 2016,-№4. -С.28-31 (ИФ-0,4).
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilayotgan QVZ universitet ligasi 3-bosqich o’yinlari bo’lib o’tdi.
BatafsilOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘FA, O‘zPFL, Coca-Cola bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol
BatafsilOliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostidagi esselar tanlovining hududiy bosqichi Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.
Batafsil© Termiz Davlat Universiteti