Ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, o‘zi yashab kelayotgan joyga muhabbatini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida hamda Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi munosabati bilan kreativ ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilinadi!

Ijtimoiy roliklar tanlovi uch yo‘nalishda o‘tkaziladi:
Vatanparvarlik yo‘nalishida; 
Ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida;
Surxondaryo viloyatining go‘zal va diqqatga sazovor joylari yo‘nalishida;

Ijtimoiy roliklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Ijtimoiy rolik qisqa (2 daqiqagacha) bo‘lishi;
Mazmuni jihatdan Ona Vatanga muhabbat, birinchi galda har bir muallifning o‘zi yashab kelayotgan hududning o‘ziga xosligini ochib berish;
Yoshlar o‘rtasida ma’naviy muhitni yaxshilashdagi mavjud muammolarni aniq, lo‘nda, sodda tilda ko‘rsatib berish;
Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylari, urf-odatlari, chekka-olis hududlaridagi hayot tarzini ko'rsatib berish;
Kreativ yondashuvlarga asoslangan bo‘lishi;
Kamida HD formatda bo‘lishi.

Ijtimoiy roliklar viloyat komissiyasi tomonidan joriy yil 15-fevraldan 1-martgacha qabul qilinadi. 

Roliklar komissiya a’zolari, jamoatchilik faollari, tajribali jurnalist va blogerlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi. G‘oliblar 2024-yil 6-mart kuni Surxondaryo viloyati tashkil etilganligining 83 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:
-birinchi o‘rin – 10 mln so‘m;
-ikkinchi o‘rin – 5 mln so‘m;
-uchinchi o‘rin – 3 mln so‘m.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar tayyorlagan roliklari hamda o'zlari haqida qisqacha ma'lumotlarni quyidagi manzillarga yuborishlari so'raladi:
elektron pochta;
rmmmsb@gmail.com

Telegram raqamlar: 
(99893) 239 00 95;
(99891) 900 09 96.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

"Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  • 2025-01-17
  • 31

2025-yil 16-yanvar kuni Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov Termiz davlat universitetining "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari

Batafsil

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan uchrashuv tashkil etildi.

  • 2025-01-16
  • 37

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan oilali talabalar hamda jamiyatimizning faol ayollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

Insholar tanlovi

  • 2025-01-15
  • 75

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak

Batafsil