QADRLI TALABALAR!

Termiz davlat universiteti 70 yilligiga bag'ishlangan logotipini yaratish uchun tanlov e’lon qiladi. Siz ham ushbu tanlovda o‘z ijodingiz va kreativ g‘oyalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. 

Tanlov shartlari:
- logotipda universitet faoliyati, qadriyatlari va ilmning ahamiyatini ifoda etish;
- betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega boʻlishi;
- zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib oladigan va noan’anaviy shaklga ega bo‘lishi lozim.  

Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG hamda asl (ai, psd, cdr) formatda @TerDU_murojaatlar_bot botiga yuborilishi so'raladi.

Loyihalar 2024-yil 10-mart soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

G'olib tanlov hay'atning yakuniy xulosasi asosida aniqlanib, 2024-yil 15-martda @terdu340 rasmiy telegram kanalida e’lon qilinadi.

Tanlov g‘olibi Termiz davlat universiteti tomonidan qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 36

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 39

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 36

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil