Bo‘lim boshlig‘i
Abduraximov Dilmurod Xayitmurotovich
Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi haqida
Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan kuchga kirgan “Magistratura to‘g‘risidagi nizom”ga asosan faoliyat olib bormoqda. Universitet magistratura bo‘limining 1-kursida 17 ta mutaxassislik bo‘yicha 84 nafar magistrant, 2-kursida 33 ta mutaxassislik bo‘yicha 838 nafar magistrant, jami 922 nafar magistrant tahsil olmoqda. Shulardan 3 nafari xorijiy mamlakatlar (Rossiya, Tojikiston va Afg‘oniston) fuqarolaridir. Bu mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlarni tayyorlash 38 ta kafedra zimmasiga yuklatilgan
Mutaxassislik fanlaridan darslarni o‘tishga va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun universitetimizning yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarmoq institutlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xorijdan tajribali professor-o‘qituvchilar hamda olimlar jalb etilgan. Magistrantlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, konferensiyalarga faol ishtirokini ta’minlash, kuzatishlari va ilmiy tadqiqotlari natijalar asosida ilmiy maqolalar chop etish masalalariga ham alohida e’tibor berilmoqda. Bir qator iqtidorli talabalarimiz magistraturada o‘qishi davomida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan jiddiy va muvaffaqiyatli shug‘ullanishib, nufuzli davlat stipendiyalari, tanlovlar va mukofotlar sovrindorlari bo‘ldilar.
Magistratura bo’limining vazifalari:
•Magistratura mutaxassisliklari mavjud 38 ta kafedra va 11 fakultet dekanatlari bilan birgalikda faoliyatini muvofiqlashtirish;
O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
Magistratura mutaxassisliklari uchun zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
universiteti bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo’nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
universitet barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ko’maklashish;
magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;
magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarini nazorat qilish, ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
magistraturada mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash;
magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
magistrantlarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyatini “Magistratura to‘g‘risida” Nizomga muvofiq magistrantlarning kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishini nazorat qilish;
magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlash
YaDA sinovlari va magistrlik dissertasiyasi himoyalarining samarali tashkil etishini ta`minlash.
Termiz davlat universitetida mavjud magistratura mutaxassisliklari
№ |
Mutaxassislik shifri |
Mutaxassisliklar nomi |
1 |
70230101 |
Lingvistika (o‘zbek tili) |
2 |
70230101 |
Lingvistika (rus tili) |
3 |
70230101 |
Lingvistika: nemis tili |
4 |
70230101 |
Lingvistika: ingliz tili |
5 |
70310101 |
Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha) |
6 |
70530101 |
Kimyo (fizikaviy, yuqori molekulyar birikmalar, materiallar va moddalar kimyosi) |
7 |
70530101 |
Kimyo (noorganik kimyo) |
8 |
70530101 |
Kimyo (organik va bioorganik kimyo) |
9 |
70530101 |
Kimyo (analitik kimyo) |
10 |
70540101 |
Matematika (differensial tenglamalar va matematik fizika) |
11 |
70540101 |
Matematika (algebra va funksional analiz) |
12 |
70540201 |
Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) |
13 |
70610201 |
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
14 |
70530901 |
Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
15 |
70530905 |
Yarimo‘tkazgichlar fizikasi |
16 |
70530904 |
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi |
17 |
70510101 |
Biologiya (Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi) |
18 |
70510101 |
Biologiya (Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya) |
19 |
70310901 |
Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) |
20 |
70710101 |
Kimyoviy texnologiya (Noorganik moddalar texnologiyasi); |
21 |
70230502 |
Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti |
22 |
70230502 |
Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti |
23 |
70111401 |
O‘zbek tili va adabiyoti |
24 |
70220401 |
Arxeologiya |
25 |
70230501 |
Etnografiya, etnologiya va antropologiya |
26 |
70530402 |
Geografiya |
27 |
70530701 |
Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo‘yicha) |
28 |
70310107 |
Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish |
29 |
70410101 |
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
30 |
71010401 |
Turizm (ziyorat turizmi) |
31 |
70712509 |
Intellektual transport tizimlari |
32 |
71040101 |
Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha |
33 |
70220301 |
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) |
34 |
70530103 |
Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi |
35 |
70110103 |
Ta'lim muassasalarining boshqaruvi |
Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasida Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining filiali TerDU talabalarga Toshkentdagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini taklif etmoqda.
Batafsil© Termiz davlat universiteti