Choriyev Hamid A'zamovich
Axborot texnologiyalari markazi O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli qarori, O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’at qarori va 2002 yil bo’lib o’tgan universitet Ilmiy Kengashi qarori asosida Termiz davlat universitetida Axborot texnologiyalari va masofadan o’qitish markazi tashkil etildi.
Dastlab A.Koraxanov markaz rahbari sifatida faoliyat yuritdi. Bu davrda markazning tashkiliy ishlari hamda zamonaviy texnologiya vositalari bilan jihozlash ishlari amalga oshirildi.
2005-2015 yillarda markazni A.Esonqulov boshqardi. Bu yillarda markaz yanada rivojlantirildi, markaz nomi Axborot texnologiyalari markazi deb o’zgartirildi. Zamonaviy texnik vositalar bilan qayta jihozlandi. Vazirlikning 2004 yil 3 noyabrdagi “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimi korporativ informatsion tizimini takomillashtirish va uni axborotlar bilan doimiy ta’minlanishini tashkil etish to’g’risida”gi 258-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan universitetning www.terdu.uz sayti yaratildi. Videokonferensiya o’tkazish uchun maxsus xona tashkil qilindi hamda videokonferensiyalar o’tkazila boshlandi.
2015-2017 yillarda Sh.Xolmurodov markaz rahbari sifatida faoliyat yuritdi. Rahbar boshchiligida markazda bir qancha ishlar amalga oshirilib kelindi. Barcha elektron darsliklar, elektron adabiyotlar multimediyali kurslarni maxsus sahifaga kiritish, internet va lokal tarmoq orqali universitetda yaratilgan elektron darsliklardan foydalanish yo’lga qo’yildi.
Hozirgi kunda H.Choriyev markaz rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu davrga kelib, universitetning barcha binolari to’liq lokal tarmoqqa ulanib, universitetning barcha binolari va auditoriyalarida wi-fi tarmoqlari ulanib, barcha professor-o’qituvchi va talabalar xalqaro internet tarmog’iga ulangan holda fan va ta’lim, ilmiy ishlar uchun ma’lumotlarni yuklab olib, ta’lim tizimiga joriy qilib foydalanishmoqda. Shuningdek, Videoselektor zallari orqali dunyoning barcha nuqtalari bilan to’g’ridan-to’gri masofaviy ta’lim darslari to’liq yo’lga qo’yilgan bo’lib, darslar yuqori sifat asosida amalga oshirilmoqda. Markaz faoliyoti uchun barcha jihoz va uskunlar sotib olinib, markaz xodimlari uchun sharoitlar yaratildi. Markaz dasturiy ta’minot maxsulotlarini yaratish bilan birga, mobil tizimlar uchun .apk kengaytmali maxsulotlar yaratishni ham yo’lga qo’ymoqda.
Axborot texnologiyalari markazi xodimlari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Markaz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, “elektron hukumat”ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tatbiq etish maqsadida ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Ta’lim” axborot tizimlar majmuasining universitetdagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Shuningdek, markazda o‘quv fanlarini o‘zlashtirish va talabalar bilimini nazorat qilish uchun universitetning Moodle masofaviy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunga kelib ushbu tizimga 200 ta fan joylashtirilgan. Shu bilan birga markaz universitetdagi barcha axborot tizimlarini nazorat qilib boradi.
Markaz o‘z faoliyatini amaldagi O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruq va farmoyishlari, hay’at qarorlari va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Markaz faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi “Axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish” boshqarmasi, universitet rеktori va o‘quv ishlari bo‘yicha prorеktori tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Markazning moliyaviy faoliyati universitetning byudjеt va byudjеtdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Markaz boshlig‘i universitet rеktorining buyrug‘i bilan tayinlanadi. Markaz universitetning strukturaviy bo‘limi hisoblanadi.
Markazning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Markaz quyidagi huquqlarga ega:
Markazning burchlari quyidagilardan iborat:
Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilayotgan QVZ universitet ligasi 3-bosqich o’yinlari bo’lib o’tdi.
BatafsilOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘FA, O‘zPFL, Coca-Cola bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol
BatafsilOliy taʼlim muassasalarining bakalavr taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida "Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostidagi esselar tanlovining hududiy bosqichi Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.
Batafsil© Termiz Davlat Universiteti